Fosfor va uning birikmalari. Fosforli o'g'itlar. Uglerod va uning birikmalari

Fosfor va uning birikmalari. Fosforli o'g'itlar. Uglerod va uning birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Fosfor va uning birikmalari. Fosforli o'g'itlar. Uglerod va uning birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Fosfor va uning birikmalari. Fosforli o'g'itlar. Uglerod va uning birikmalari Fosfor V guruh elementi bo'lib, uning tashqi elektron qavati azotnikiga o'xshash - s2p3 elektron konfiguratsiyaga ega. Ammo fosfor II davr elementi bo'lgani uchun uning atom tuzilishi azotning atom tuzilishidan farq qiladi; uning atomida bo'sh d-orbitallar mavjud. Oq fosfor P4 molekulalaridan iborat tetraedrik shaklda kristallangan oq modda, solishtirma og'irligi 1,8 gsm3, suyuqlanish temperaturasi 44oC. U suvda yaxshi erimaydi, organik erituvchilarda (masalan, benzol, toluolda), ayniqsa uglerod sulfid - CS2 da yaxshi eriydi. Qizil fosfor (solishtirma og'irligi 2,3 gsm3) oq fosfordan farq qilib, organik erituvchilarda va CS2 da erimaydi, zaharsiz, havoda o'z-o'zidan alangalanmaydi. Chunki qizil fosfor piramida shaklida P4 zvenolaridan iborat polimer tuzilishga ega. Qora fosfor (solishtirma og'irligi 2,7 gsm3) oq fosforni yuqori bosim ostida 370oC temperaturada uzoq vaqt qizdirish natijasida hosil bo'ladi. U ham polimer tuzilishga ega. Fosfor va uning birikmalariga oidlar Kerakli reaktiv va asboblar: Qizil fosfor, nitrat kislota (kons), distillangan suv, natriy fosfat, natriy gidrofosfat, natriy digidrofosfat, kalsiya xlorid, Texnokimyoviy tarozi toshlari bilan, suv hammomi, halqali va qisqichli shtativ, gorelka, chinni kosacha, probirkalar quyilgan shtativ, pichoq, pinset, shisha tayoqcha, asbestlangan tur. Fosforning allotropiyasi Quruq probirkaga karbonat angidrid to'ldiring. Probirkaga qizil fosfordan no'xat kattaligida soling. Probirka og'zini paxta bilan berkitib, temir shtativ qisqichiga gorizontal holda mahkamlang. Shundan so'ng probirkaning qizil fosfor joylashgan qismini gaz alangasida ohista qizdiring. Probirkaning sovuq devorida oq fosfor dog'lari hosil bo'lishini kuzating. Probirka bir oz sovigach, uning og'zidagi paxtani qisqich yordamida olib stakandagi mis sulfat eritmasiga tashlang. Probirka devoriga yopishgan oq fosforni esa shisha tayoqcha yordamida qirib oling. Oq fosforni havoda o'z-o'zidan yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Natijasiga asoslanib, fosforning qaysi allotropik modifikatsiyasi kimyoviy jihatdan aktivroq ekanligi haqida xulosa chiqaring. Fosfat angidridning hosil bo'lishi va uning xossalari (mo'rili shkafda o'tkaziladi) a) Asbestlangan sim to'r ustiga qo'yilgan chinni kosachaga 0,5 g qizil fosfor solib, uni qizdirilgan shisha tayoqcha bilan o't oldiring. Yonib turgan qizil fosfor ustiga toza va quruq shisha voronkani to'ntarib tutib turing (kosaning usti batamom berkilib qolmasin). Bunda fosforning yonishidan hosil bo'lgan qorsimon oq kristall modda - fosfat angidrid voronka devoriga o'tirib qoladi. Voronkani shtativdagi toza probirkaga o'rnating. Reaksiya tenglamasini yozing. b) a da shisha voronka devoriga o'tirib qolgan fosfat angidrid bir ozdan keyin namlanib, mayda tomchilar hosil qilishini kuzating. Fosfat angidridning atmosfera havosidagi suv bug'i bilan birikib kislota hosil qilishiga to'liqroq ishonch hosil qilish uchun shisha bankadagi (odatda fosfat angidrid germetik berkiladigan idishda saqlanadi) fosfat angidriddan plastmassa qoshiqcha bilan no'xat kattaligida olib, uni havoda 2-3 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.17 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.17 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga