Fosfor va uning birikmalari. Mishyak, surma, vismut birikmalari

Fosfor va uning birikmalari. Mishyak, surma, vismut birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Fosfor va uning birikmalari. Mishyak, surma, vismut birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Fosfor va uning birikmalari. Mishyak, surma, vismut birikmalari Fosfor Fosfor, 1669 yil (Brand, Germaniya) alkimyoviy filosofik toshni izlash natijasida (siydikni haydashda qoladigan qoldiqdan aniqlagan) ochgan. Fosfor nomi yunoncha yorug'lik sochuvchi sо'zidan olingan. Fosfor VA guruh elementlari ichida ikkinchi tipik element metalmas. Nisbiy elektromanfiyligi bо'yicha u, tipik metalmaslar ftor, kislorod, xlor, azot va oltingugurtdan keyin turadi. Bosh kvant sonining va atom radiusining ortishi bilan azotdan fosforga о'tganda fosfor kimyosi bir qancha о'ziga xos xususiyatlarga ega bо'ladi. Birinchidan, beshta ionlanish potensiallari summasi (yig'indisi) azotdan (266,8) fosforga о'tganda (176,7) keskin kamayadi. Bu +5 oksidlanish darajasining barqarorligiga olib keladi. Bu bilan bir vaqtda fosfor +5 oksidlanish darajasida oksidlovchilik xossasini namoyon qilmaydi (azotdan keskin farqi). Shu bilan azotning shunday oksidlanish darajasidagi birikmalarini yuqori barqarorligi tushuntiriladi. Aksincha fosforning vodorodli birikmalari azotnikiga nisbatan ancha beqaror. Ikkinchidan, fosforda 3d-pog'onachada bо'sh bо'lganligi uchun azotga nisbatan valent imkoniyatlari kо'proq. Fosfordagi 3s2 pog'onachadagi juftlashgan elektronlaridan bittasini tashqi energiya hisobiga 3d pog'onachaga о'tkazilganda, fosforda 5 ta toq elektron bо'ladi va almashinish mexanizmi bо'yicha fosforning kovalentligi 5 ga teng bо'ladi. Undan tashqari bо'sh 3d - orbitallari donor-akseptor mexanizm bо'yicha kovalent bog' hosil qilishda ishtirok etishlari mumkin. Bu holda fosfor bо'sh orbitallarga donor-elementlardan elektron juftlarni qabul qilib (donor-akseptor mexanizm bо'yicha) akseptor bо'ladi. Katta valent imkoniyatlariga ega bо'lgan fosfor yangi gibridlanish tiplarini, masalan, sp3d (k.c.5) va sp3d2 (k.s.6) namoyon qilishi mumkin, azot atomida bunday hollarni amalga oshishi mumkin emas. Ammo, fosfor kimyosida sp3-gibridlanishdagi hosilalari kо'proq uchraydi. Uchinchidan fosfor kimyosida polimer strukturalar hosil qilishga moyilligi yorqin ifodalangan. Fosfor kimyosida gomo bilan birga getero zanjirli qattiq polimerlari yaxshi ma'lum. Bu munosabatda Si-P-S qatorida gorizontal о'xshashlikni qayd qilish zarurki fosforda xuddi kremniy va oltingugurtga о'xshab kislorodga va ftorga moyilligi juda katta. Tabiatda tarqalishi va tabiiy minerallari. Fosfor faqat bog'langan holda organizmlarda va minerallarda uchraydi. Tirik organizmlarda fosfor fosfolipidlar shaklida (masalan, lesitin nerv va miya moddalarida) fosfoproteidlar (fermentlar) ortofosfat kislotaning har xil efirlari va kalsiy fosfatlar (suyak va tishda) holida uchraydi. Qushlarning tezaklari tabiiy fosfor tutgan modda guanoni hosil qiladi. Minerallari: 3Ca3(PO4)2 ∙ Ca(OH)2 - fosforit; Ca3(PO4)2 ∙ Ca(Cl,OH,F)2- apatit yoki Ca5X(PO4)3 - X- =F-,Cl- OH-; CepO4 - monasit. Fosfatlar ayrim temir ma'danlari tarkibiga ham kiradi. Fosfatlar tabiatda tarqalishi bо'yicha (8∙10-2 massa %), azot, oltingugurt va xromdan oldinda turadi. Fosfor - hamma tirik organizmlar uchun hayotiy zarur element. U oqsil moddalar tarkibiga kiradi, о'simliklarda, hayvonlar va insonlar organizmida uchraydi. Fosforning olinishi Fosfor-tabiiy fosforli birikmalarni yuqori temperaturada (1500S) qum (SiO2) ishtirokida koks bilan qaytarib olinadi. Qum kalsiy oksidni shlak-kalsiy silikatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.91 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.91 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga