Fosforning kislorodli birikmalari 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 48-mavzu Reja: 2 3 Fosforning kislorodli birikmalari 1 Ortofosfat kislota Ortofosfat kislota tuzlari Fosforning yonishida kislorod yetarli miqdorda ishtirok etganda P4O10 tarkibli fosfor (V)-oksidi hosil bo'ladi. Fosfor (V)-oksidini soddaroq qilib -P2O5 ko'rinishida yozamiz: 4P + 5O2 = 2P2O5 Fosfor (V)-oksidi oq rangli, gigroskopik (suvni shimib oluvchi) modda bo'lib, suvda yaxshi eriydi. P2O5 ning suvda erishidan oddiy sharoitda P2O5 + H2O = 2HPO3 metafosfat kislota hosil bo'ladi. Ortofosfat (fosfat) kislota laboratoriyada kalsiy ortofosfatga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirib qizdirish yo'li bilan olinadi Ortofosfat kislota - H3PO4. Ortofosfat kislota rangsiz kristall modda bo'lib, suvda juda yaxshi eriydi. 42,3°C da suyuqlanadi. 3. Fosfatlar: Na3PO4, Ca3(PO4)2. Fosfat kislota dissotsiatsiyalanganda uch xil ion hosil qilganligi uchun uch qator tuzlarni hosil bo'ladi: 1. Digidrofosfatlar: NaH2PO4, Ca(H2PO4)2. 2. Gidrofosfatlar: Na2HPO4, CaHPO4. Fosforni yetarli miqdordagi kislorodda yondirib, hosil bo'lgan P2O5 ga qizdirib turib suv ta'sir ettirish yo'li bilan ham ortofosfat kislota olish mumkin: P → P2O5 → H3PO4 Ortofosfat kislota tuzlari Metall o'rnida ammoniy ioni ham bo'lishi mumkin: (NH4)3PO4 - ammoniy ortofosfat, (NH4)2HPO4 - ammoniy gidrofosfat, NH4H2PO4 - ammoniy digidrofosfat. Digidrofosfatlar suvda eriydi, qolgan fosfatlar esa suvda erimaydi. Ishqoriy metallarning fosfatlari bilan ammoniy fosfitlar suvda eriydi. Ca3(PO4)2 + 4HNO3 = Ca(H2PO4)2 + 2Ca(NO3)2 Kalsiy fosfat Kalsiy fosfat suvda erimaydi, ammo kuchli kislotalarda eriydi. Fosfor va uning birikmalarining biologik ahamiyati. Mashhur akademik olim A.Yu. Fersman fosforning ahamiyatini yuqori baholab, uni Hayot va tafakkur elementi deb atagan. Darhaqiqat, fosfor azot, uglerod, vodorod elementlari singari tirik organizmlarning asosini tashkil etadi. A.Yu. Fersman Odam va hayvonlar suyak to'qimalarining anorganik tarkibiy qismini Ca3(PO4)2 tashkil etadi. U suyak mustahkamligini va qattiqligini ta'minlaydi. Tirik organizmdagi energiya almashinuvi fosfor birikmasi - adenozintrifosfat (ATF) tomonidan amalga oshiriladi. Odamda bir kunlik fosfor sarfi taxminan 1 grammni tashkil etadi. Odamlar fosforga bo'lgan ehtiyojini o'simliklar, chorva va parranda mahsulotlaridan oladi. O'simliklar esa fosforni tuproqdagi fosforli mineral o'g'itlardan qabul qiladi. Fosforning tabiatda aylanishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: pptx