Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Fosforli o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi

Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Fosforli o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Fosforli o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Fosforli o'g'itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi Reja: 1. Fosforning o'simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari. 2. Fosforli o'g'itlarning turlari. 3. Superfosfat va kushsuprefosfatni olinishi. 4. Pretsipitat va tamasshlak o'g'itlarni olinishi. 5. Fosforit uning olinishi va ishlatilishi. Tayanch iboralar: Fosfor, fosfororganik, fosfoprotendlar, fosfolipidlar, ATF,aratit, fosforit, suferfosfat, ko'sh superfosfat, pretsitat, fosforit talkoni 1. O'simliklarning oziqlanishida azotdan keyingi urinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. O'simliklar fosforni, asosan, ortofosfar kislotaning (N2RO4) anionlari xolida uzlashtiradi, ular fosforni metofosfor (N 3RO4) prifosfat kislotalarning fosforini xam uzlashtirish, shuningdek bazi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning xam uzlashtirish mumkin. Uch asosli kislota bo'lgan artofosfat kislota RN 7-8 dan va undan pastda dissotsiyalanib, bitta yoki ikkita N ion ajratib chikaradi va N2RO42- ionlarini hosil qiladi, ana shu ionlarni o'simliklar yutadi. O'simliklarda fosforning organik birikmalardan nuklein kislotalar, azotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dizokairiboza) va fosfat kislotalardan tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol uynaydi, ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim jarayonlarida oqsillar sentizida o'sish va kupayishida, irsiy-xususiyatlarning nasldan-naslga utishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan birgalikda hujayralarning tsitoplazmasi va yadrosini ko'rishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi, o'simliklardan fosforning anchagina miqdori fitin-uruglarning zaxira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda o'simlikning o'sish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vita'minlar va kupgina fermentlar tarkibiga xam kiradi. O'simliklarning hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nixoyatda muhim rol uynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida xam ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun energiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota ( ATF) asosiy rol uynaydi. O'simliklarda fosfor yetishmasligi bularning yosh nixollik paytida, yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining uzlashtirish xususiyati past bo'lgan davrda ayniqsa yakkol seziladi. Bu davrda fosfor yetishmasligining salbiy ta'sirini keyinchalik fosfor bilan ko'p oziqlantirish orqali xam tuzatib bulmaydi: O'simlik fosforni vegetativ organlari intensiv usayotgan davrda eng ko'p uzlashtiradi, shunga ko'ra o'sishning boshlang'ich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olingandakritik davr hisoblanadi. Shu sababli o'simliklarni vegetattsiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan ta'minlash nixoyatda muhim ahamiyatga ega. har xil tuproqlar fosfor (R2O5) ning miqdori 0,03 dan 0,2 % gacha bo'ladi, xaydalma qatlamda esa uning umumiy zaxirasi 1 ga maydonga 100 dan 600 kg gacha to'g'ri keladi. tuproqda o'simlik uzlashtira oladigan fosfor birikmalari juda kam. O'simliklarni mineral moddalarni uzlashtirishi tuproqda xamma mineral birikmalarining bo'lishiga bog'liq. Shuning uchun o'simliklarni yaxshi o'sishi va rivojlanishi hamda azotni uzlashtirishi uchun tuproqda etarli miqdorda o'simlik uzlashtira oladigan fosfor birikmalarining bo'lishi zarurdir. Tabiatda inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.24 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.24 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga