Fotoximiyaviy reaksiyalar Reja: Fotoximiyaning asosiy qonunlari Fotosintez. Halq xo'jaligida amaliy mashg'ulotlarda hozirgi zamon fizika - ximiyaviy moddalarning qo'llanilishi. Yorug'lik ta'sirida boradigan reaksiyalar fotoximiyaviy reaksiyalar deyiladi. Bunda reaksiyani o'rganadigan fiz-ximiya bo'limi fotoximiya deyiladi. Fotoximiyaviy reaksiyalar gazlarda, suyuqliklarda va qattiq moddalarda borishi mumkin. Bu reaksiyalarga quysh nuri ta'sirida o'simliklarda fotosintez natijasida organik moddalarning hosil bo'lishi, fotografiya jarayondagi ximiyaviy reaksiyalar, lyuministsensiya, bo'yoqlarning yorug'lik ta'siridan rangsizlanishi va boshqalar misol bo'ladi. Ximiyaviy xarakteriga ko'ra fotoximiyaviy reaksiyalar turlichadir: yorug'lik ta'siridan sintezlash reaksiyalari: (fosgen NS1, o'simliklarda fotosintez), parchalanish (N2O2), oksidlanish reaksiyalari va hokazo. Fotoximiyaning asosiy qonunlaridan birini litvalik fiz-ximik F.X.Grotgus kashf etgan (1817 y.). Bu qonunga ko'ra jismdan o'tib ketgan va jism sirtidan qaytgan nurlar hech qanda ximiyaviy reaksiyani yuzaga chiqarmaydi, faqat modda tomonidan yutilgan nur ximiyaviy o'zgarishga olib keladi. Jismning rangini oq nurgacha to'ldiradigan nur jismga ta'sir qilishini Grotgus aniqlagan. Masalan, agar jism yashil ragli bo'lsa, unga qizil rangli nur, ko'k rangli bo'lsa, faqat sariq rangli nur ta'sir etadi. Fotoximiyaviy jarayon vaqtida yorug'lik nuri yutilib. Molekulalarning ichki energiyasi ortadi. Moddaning nur yutishi natijasida vujudga keladigan fotoximiyaviy reaksiyalar birlamchi jarayonlardir. Birlamchi fotoximiyaviy reaksiya natijasida modda hayajonlangan (aktiv) holatga o'tadi. Bu moddaning zarrachalari o'zaro reaksiyaga kirishgandagi hol ikkilamchi (yoki qorong'ida boradigan) fotoximiyaviy jarayon deyiladi. N2 + S12 2NS1 da S12 + hv = 2S1* - birlamchi jarayon S1* + N2 NS1 + N* ikkilamchi N* + N2 NS1 + S1* jarayonlar S1* + N2 NS1 + N* seriyasi Modda tomonidan yutilgan energiya miqdori bilan reaksiyaga kirishgan moda miqdori o'rtasidagi munosabatni A. Eynshteynning yorug'likning fotoximiyaviy ekvivalenti qonuni bilan tushuntiriladi (1912 y.). Bu qonunga ko'ra necha kvant yorug'lik yutilsa, shuncha molekula (atom) birlamchi fotoximiyaviy reaksiyaga kirishadi. Demak, reaksiyaga kirishayotgan modda tomonidan yutilgan har bir qavat faqat birgina molekula yoki atomni o'zgartirishi mumkin.shunday qilib, yorug'lik yutilishi natijasida hosil bo'ladigan modda miqdorii yutilayotgan yorug'lik energiyasi miqdoriga proportsionaldir. Eynshteyn qonuni faqat birlamchi jarayonlar uchun to'g'ri keladi. Birlamchi jarayondan keyin odatda ikkilamchi, yani qorong'ida boradigan jarayonlar sodir bo'ladi. Natijada, yutilgan kvantlar soniga nisbatan o'zgarishga uchragan molekulalar soni ancha ortiq bo'ladi. Fotosintez. Fotoximiyaviy reaksiyalarning eng asosiysi o'simliklarda quyosh nuri ta'sirida karbonat angidrid va suvdan organik moddalrning fotosintezidir. Bu tahlimotning asoschisi K.A.Timiryazevdir (1868y.) Timiryazev fotosintezda xlorofill sensibilizator ekanligini ko'rsatadi. Fotosintez juda murakkab jarayon. Bu jarayonni bar qismi yorug'lik nurlari ta'sirida sodir bo'ladi, ikkinchi qismi qorong'ida ham boraveradi. Yorug'lik ta'sirida xlorofill kvant no'rni yutib, hayajonlangan holatga o'tadi va qator oraliq jarayonlardan so'ng suv molekulasini N atomi ON radikaliga parchalaydi: X + hv = X* X* + N2O ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.17 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.17 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: doc