Kurs Ishi Mavzu: Fotosintezning YORUG'LIK BOSQICHI Bajardi: REJA: Kirish Asosiy qism 1 Yorug'likda boradigan reaksiyalar 2 Yorug'lik energiyasi 3 Fotosintetik fosforirlanish 4 ATF sintezi hozirgi zamon nazariyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fotosintezning yorug'lik bosqichi haqida so'zlashdan avval men fotosintez haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishni joiz deb bildim. Fotositez- yuksak o'simliklar suv o'tlari va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofil va boshqa fotosintetik pigmentlar o'zlashtiradigan yorug'lik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil bo'lishi. Fotosintez tabiatda sodir bo'ladigan eng muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintezda quyosh energiyasini organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintezda barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo'lgan kislorod atmosferaga ajralib chiqadi.Fotosintez haqida dastlabki ma'lumotlar ingliz botanigi va kimyogari S.Geyls, rus olimi M.V.Lomonosov ishlarida keltiriladi.Fotosintezning dastlabki jarayonlari xloroplastlar tilakoidlarida ro'y beradi; uglevodlar esa stromada sintezlanadi. Yorug'likda boradigan reaksiyalar Ushbu jarayonda barcha pigmentlar qatnashadi va yorug'lik ishtirokida hosil bo'ladi, natijada esa suv yorug'lik energiyasi ta'sirida parchalanib O2 , NADFH2 hamda ATF hosil bo'ladi. Yorug'lidan kvantlar va fotonlar holida yutilgan energiya xlorofil ma'lekulasini qo'zg'algan holatga olib kelishi, uning elektronining asosiy darajasidan singlet holatga o'tishida elektron energiyalarining sarflanishi, ATF ni sintezlanishi, fotokimyoviy reaksiyalardan suvning fotolizi, natijasida kislorodni ajralishi, NADF qaytarilishining mehanizmlarini tashkil qiladi. Fotosintez asosan ikkita fiziologik va biokimyoviy jarayondan tashkil topgan, ya'ni yorug'likda boradigan va qorong'ulikda boradigan reaksiyalar. Fotosintezning yorug'lik reaksiyalari xloroplastlar xlorofilining quyosh yorug'lik energiyasi kvantlar va fotonlarini yutishdan boshlanadi va buning natijasida qaytaruvchi modda- agent NADF*N*H hamda energiya ATF hosil bo'ladi. Yorug'lik energiyasi Quyoshning yorug'lik energiyasi kvantlar yoki fotonlar holida tarqaladi va elektromagnit tebranish harakatiga ega. Qisqa to'lqin uzunligida ko'p energiya bo'lsa uzun to'lqin uznlikda aksincha bo'ladi. Fotosintez jarayonida ko'proq to'lqin uzunligi 400-720 nm bo'lgan nurlar ishtirok etadi. Xlorofil malekulasi yorug'lik energiyasini kvantlar yoki fotonlar holida yutadi. Buning natijasida xlorofildagi elektronlar qo'zg'algan holatga o'tadi va pigment ham qo'zg'aladi. Bunda elektron asosiy darajadan (C0) birinchi singlet darajaga (C1) o'tadi va bu juda qisqa vaqt davom etadi. Shu qisqa vaqt ichida elektron energiyasi sarflanib pigment avvalgi tinch holatga qaytadi va yangidan boshqa kvantni yutishi mumkin. Agar elektron to'lqin uzunligi qisqa ko'k binafsha nurlarda bir kvant yutsa yanada yuqoriroq singlet darajaga o'tadi. Elektronlar qisqa vaqt ichida singlet darajadan birinchi singlet darajaga tushadi. Bu vaqt kvant energiyasining bir qismi, issiqlikga aylanib sarf bo'ladi. Fotokimyoviy jarayonlarda asosan, birinchi singlet holatdagi elektronlar ayrim hollarda esa triplet holardagi elektronlar ishtirok etadi. Suvning Fotolizi Fotosintez jarayonida fotokimyoviy reaksiyalardan biri, bu suv fotolizidir. Ushbu jarayonni 1937-yil ingliz olimi Xill kashf etgan bo'lib u tomonidan barglardan ajratib olingan xloroplastlar ishtirokida yorug'lik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: pptx