Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari haqida umumiy ma'lumotlar

Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari haqida umumiy ma'lumotlar

O'quvchilarga / Kimyo
Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari haqida umumiy ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari haqida umumiy ma'lumotlar Reja: Umumiy tushunchalar Hozirgi zamon flotatsiya jarayonining shakllanishi Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari. Umumiy tushunchalar Flotatsiya-mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqqa qarab boyitish usuli bo'lib, mineral zarrachalar yuzasining suv bilan har xil ho'llanish qobiliyatiga asoslanadi. Suvli muhitda mayin tuyulgan holda mavjud bo'lgan ayrim minerallarning zarrachalari suv bilan ho'llanadi, bir xillari esa suv bilan ho'llanmaydi, balki suvdagi havo pufakchalariga ilashib, yuzaga qalqib chiqadi. Shu bilan bir vaqtda boshqa minerallarning zarrachalari suv bilan ho'llanib unda cho'kadi yoki muallaq holda joylashadi. Flotatsiya turli xildagi foydali qazilmalarni boyitishda keng ko'lamda ishlatiladi. Qazib olingan rangli metallar rudalarining 90 % dan ko'prog'i-kamyob, qora, nodir metallar rudalari va nometal rudalar shu usulda boyitiladi. Flotatsiya usulini ho'llash kambag'al rudalarni hamda boshqa usullar bilan boyitilishi qiyin bo'lgan rudalarni qayta ishlash imkoniyatini yaratadi. Masalan, flotatsiya usulini ho'llab polimetal rudalardan qo'rg'oshinli, ruqli va misli boyitmalarni olish mumkin. Hozirgi zamon flotatsiya jarayonining shakllanishi Flotatsiya jarayoni foydali qazilmalarni boyitish usuli sifatida amaliyotda o'z o'rnini topguncha uzoq va murakkab yo'lni bosib o'tadi. Flotatsiya jarayoni shakllanish davrida yog'li (maslyanaya), pardali (plenochnaya) va ko'pikli (pennaya) - flotatsiya deb nomlanib kelindi. 1860 yilda Vilyam Xayns (Angliya) minerallarni ajratib olish masalasida birinchi patent oladi. Bu ixtironi mazmuni shundan iborat edi: o'ta maydalangan ruda suv zichligidan kam zichlikka ega bo'lgan yog' bilan aralashtiriladi, so'ngra bu aralashma suv bilan to'ldirilgan idishga (tindirgichga) beriladi. Yog' bilan namlangan suvyuqmas zarrachalar (sulfidlar) yog' zarrachalari bilan yuqorida, suv yo'quvchan zarrachalar (masalan, kvarts) tindirgichni tubida to'plangan. Bu usulni yog'li flotatsiya deb atalgan. Yog'li flotatsiya usulida yog'ning sarfi katta (2 %) bo'lgan. Yog' sarfini kamaytirish maqsadida ish olib borgan nemis olimlari Germaniyada 1877 yilda ikkinchi patentni oladilar. Bunda yuqoridagi jarayon aynan holadi, faqat tindirgichdagi bo'tana qaynatiladi. Qaynatilayotgan bo'tanadan suvda erigan gazlar ajralib chiqadi va flotatsiya jarayoni samaraliroq o'tadi, ammo, bu davrda pufakchalarni ahamiyati nimadan iborat ekanligini tushunib yetmagan edilar. 1898 yilda F. Elmor (Angliya) jarayonni suyultirilgan bo'tanada olib borishni taklif qildi. 1902 yilda Avstraliyada flotatsiyani gaz ishtirokida olib borishni taklif etildi, bunda bo'tanaga 2,5 % li xlorid kislotani qo'shildi. Rudada mavjud bo'lgan SaSO3 kislota bilan reaksiyaga kirishib, SO2 gazni hosil qiladi. Jarayonda yog' sarfi ancha kamaygan, bazi bir hollarda umuman yog' ishlatilmagan. 1904 yilda F. Elmor gaz hosil qilish uchun bo'tana yuzasida vakuum hosil qilishni, keyinroq esa elektroliz yordamida suvni parchalanishdan hosil bo'lgan gazlar ishtirokida flotatsiyani olib borishni taklif qilgan. Keyingi yillarda ham flotatsiya masalasida juda ko'plab takliflar berilgan. Shulardan etiborga maliklaridan bazi birlari haqida to'xtalib o'tamiz: o'ta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 127.09 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 127.09 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga