Ftor, brom, yod 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 36-dars Reja: Ftor Brom Yod Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo'lib, tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan. Ftor - flyuorit ( plavik shpat) C aF2, kriolit Na3[AlF6], ftorapatit 3Ca3(PO4)2 ∙· CaF2 yoki Ca5(PO4)3 F minerallari tarzida tabiatda uchraydi. Ftor Brom - xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod - dengiz o'tlari (laminariya) va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaIO3, KIO3) holida keng tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o'tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, I2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. yod xlor brom Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo'lib, uni amalda erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo'rg'oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda kripton va ksenon bilan birikadi: Xe + F2 = XeF2 + Q oltingugurt mishyak uglerod Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to'g'ridan-to'g'ri reaksiyaga kirishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi: SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q. olmos Br2 v a I2 ning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo'lsada, odatdagi sharoitda ular ham ko'pchilik metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchunular manfiy zaryadli ionlar holida bo'ladi. Shuning uchun galogenlarni olish ularning ionlarini oksidlash orqali amalga oshiriladi. Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi. freon teflon Bromdan turli dorivor vositalar, ba'zi bo'yoqlar, kumush bromid ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.38 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.38 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: pptx