G. Teylorning energetik nazariyasi Reja: 1. Katalizator yuzasidagi atomlarni energiyasini farqlanishi. 2. S.Z.Roginskiyning kimyoviy nazariyasi. 3. Katalizatorlarning solishtirma katalitik aktivligi. Bu nazariyaga ko'ra katalizator yuzasidagi atomlar o'z energiyasi bilan farq qiladi, yani ular har xil qiymatga ega bo'ladi. Shuning uchun bu nazariya energetik nazariya deb ataladi. Katalizator ichidagi atomlarni boshqa atomlar bilan bir tekis qurshab olganligi uchun ularni valentliklari to'yingan, yuzadagi atomlarni valentliklari esa to'yinmagan bo'ladi. Shu sababli ularda ortiqcha erkin energiya bo'ladi. Yuzadagi atom, yuzani qaerida turishiga qarab, ularni energiyasi turlicha bo'lib, ular kristallning qirralarida joylashgan, atomlarni valentliklaridan ko'ra kamroq to'yingan bo'ladi. Haqiqatdan ham kristall qirralarining adsorbtsiyalanish darajasi, tekis yuzalarinikiga qaraganda kuchliroq bo'ladi. Katalizator (adsorbent) yuzasini bir xil bo'lmasligini adsorbtsiyalanish butun yuza bo'ylab emas, faqat aktiv markazlarda borishini Lengmyur o'z nazariyasida ko'rsatib o'tgan edi. Katalizatorni zaharlash uchun juda kam miqdordagi zaharni kifoya qilishi va qulay zaharlanish hodisasi katalizatorni butun yuzasi emas, balki uning juda kichik qismi kataliz jarayonida ishtirok etishini, ularning turlicha tabiatda ekanini ko'rsatadi. Masalan: dipropil keton, nitrobenzol va piperonallarni platina (Pt) katalizatori ishtirokida bir vaqtda gidrogenlanganda CS2 o'z miqdoriga ko'ra turli markazlarni zaharlaydi. Birinchi navbatda, katalizatorni zaharlanishi natijasida dipropil ketonni spirtgacha qaytarilishi to'xtaydi, nitrobenzol va piperonal gidridlanishi davom etadi. Ko'pincha adsorblanishdan chiqqan issiqlik, adsorblangan gazni miqdoriga bog'liq bo'ladi, dastlab ko'p issiqlik chiqib, yuzani ko'p qismi gaz bilan qoplangan sari kam issiqlik chiqa boshlaydi, yani differensial issiqlik har xil bo'ladi. Masalan: temir katalizatoriga NH3 adsorblanganda quyidagi natijalar olingan (birinchi qatorda NH3 ni adsorblangan miqdori, ikkinchi qatorda esa adsorblanganda chiqqan issiqlik miqdori ko'rsatilgan). Olingan natijalar temir katalizatorida bir necha xil aktiv markazlar borligini va adsorblanish dastlab, kuchli aktiv markazlarda, so'ngra kuchsizroq aktiv markazlarda sodir bo'lishini ko'rsatadi. differensial issiqlikni miqdoriga, adsorblangan gazning tabiati ham ta'sir qiladi. Bu ta'sir etiborga olinganda ham differensial issiqlik har xil bo'ladi. Aktivlangan markazni adsorblanishda, aktivlanish energiyasining va adsorblanish issiqligining adsorblangan gaz miqdoriga bog'liqligi ham aktiv markazlarni turlicha bo'lishini ko'rsatadi. Kislorod aktivlangan ko'mirga adsorblanganda, uning uch holda - kislorod. SO, SO2 holida qaytib chiqishini ko'rib o'tgan edik. Bu esa ko'mir yuzasida kamida uch xil aktiv markaz bo'lishini ko'rsatadi. Katalizatorning sirt tabiatini o'rganishda S.Z. Roginskiy va uning shogirdlari yaratgan nazariyalari; katalizning statistik nazariyasi va ko'p jinsli sirtlarda adsorblanish nazariyasi alohida o'rin tutadi. Bu nazariyaga ko'ra, aktiv markazlar bir xil emas. Aktiv markazlarning har xilligi tajribada tasdiqlangan. Shunday qilib, ko'pgina kuzatishlar va o'tkazilgan tajribalar katalizator sirtida bir xil jinsli bo'lmagan aktiv markazlarning mavjudligi, faqat shu aktiv markazlargina kataliz jarayonida ishtirok etishini tasdiqlaydi. Qaytarilgan Ni katalizatorini G. Teylor shunday ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: doc