G'affor Rahmonberdievich Rahmonberdiev Qozogiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, kimyo fanlari doktori, professor G'affor Rahmonber-dievich Rahmonberdiev 1938 yil 16 mayda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topdi. 1957 yili o'rta maktabni me'dal bilan bitirgandan so'ng Toshkent Politexnika institutiking kimyo-texnologiya fakultetiga o'qishga kiradi va uni 1962 yili muvaffaqiyatli bitiradi. Unga kimyogar - texnolog muta-xassisligi beriladi. Institutni bitirgandan so'ng G'.Raxmonberdiev Sankg-Peterburg shahridagi Rossiya FAga qarashli yuqori molekulami birikmalar instituta aspiranturasiga kiradi. U tsellyuloza kimyosi sohasnda taniqli olimlar Rossiya FAning muxbir azosi N.I.Nikitin, professor G.A.Petropavlovskiy laboratoriyasida sabok oladi. 1968 yilda Sankt-Peterburg shahrida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan so'ng Ittifoq kimyo sanoati vazirligiga qarashli Paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy - tekshirish institutiga (NIIXTTs) kichik ilmiy xodim vazifasiga ishga olinadi. Shu institutda katta ilmiy xodim, sektor mudiri, laboratoriya mudiri va bo'lim boshligi vazifa-larida ishlaydi. G'.Rahmonberdiev 1983 yilda «Suvda eruvchan atsetil-tsellyuloza va uning hosilalari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. 1991 yili Toshkent Kimyo - texnologiya instituta fizik va kolloid kimyo kafedrasining mudiri qilib tayinlanadi. Professor G'.Rahmonberdiev tomonidan paxta tsellyuloza-sining kimyosi sohasida noyob yangi bir yo'nalish rivojlantirildi: tsellyulozaning suvda eriydigan yangi hosilalarini olish usullari ishlab chiqildi, sanoatda va xalq xo'jaligida ularni ishlatish istiqbollari aniqlab berildi. Birinchi marta tsellyuloza efirlarining suvda erish omillari ko'rib chiqildi va aniqlandi. Olingan yangi qoiuniyatlar nafaqat tsellyuloza efirlarining, balki yuqori molekulali birikmalarning suvda erish sabablarini tushuntirishda ham katta nazariy ahamiyatga ega bo'ldi. Birinchi marta tsellyulozaning bir iechta (10 ga yaqin) suvda eriydigan yangi efirlari olindi va ularga kimyoviy bog' bilan kichik molekulali dorivor moddalar ulab virus, rak va sil kasalliklarini tuzatadigan, qon ketishipi keskin to'xtatadigan fiziologik aktiv polimer materiallar olindi. Moskvadagi Gamaleya nomli Mikrobiologiya va epidemiologiya instituta, Uzbekistan Milliy universiteta va Uzbekistan Onkologiya va radiologiya instituta olimlari bilan hamkorliqla virus (gepatit) kasashigiga qarshi ishlatiladigan modda -interferon induktori «SAVRATs», ko'z raki kasapligini tuzatadigan yangi ko'z pardasi «GLP» va qon to'xtatadigan polimer formasidagi «Lagoden» moddalari olindi. Olingan moddalar to'liq toksiko farmakologik tekshiruvlardan yim, tibbiyotda keng qo'llashga tavsiya etildi. «SAVRATs» 1998 yilda Moskva shahrida chiqqan «Virusga qarshi preparatlar» ma'lumotda eng yaxshi preparatlar qatoriga kiritildi. (F.I.Yershov. Antivirusnie preparati. Spravochnik. M., «Meditsina», s. 189). G'.Rahmonberdiev va uning shogirdlari tsellyulozami modifikatsiya qilish sohasida ham samarali ishlar olib bormoqdalar. Tsellyulozaning ko'p asosli kislotalar bilan reaksiyalari o'rganilib, bu shshtar natijasida hajm sig'imi katga bo'lgan sorbentlar olindi va ular oqsillarni tozalashda, sanoat oqava suvlaridan og'ir metall ionlarini va radionuklidlarni ajratib olishda ionitlar sifatida ishlatib ko'rildi (NIIXTBAV, Novosibirsk sh.). Moskvaning 1-sonli chit fabrikasida yonmaydigan matolar, Farg'ona kimyo tolasi korxonasida anetiltsellyuloza asosida fasonli o'ralgan tolalar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: docx