Galen neogalen va tayyor dori shakllarini ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi Reja: O'simlik xom ashyosidan tayyorlanadigan dori vositalari O'simlik xom ashyosidan tayyorlanadigan dori vositalarini ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi Aerozol va ingalyasiyalarni ishlab chiqarishdagi ishchi xodimlar gigiyenasi O'simlik xom ashyosidan tayyorlanadigan dori vositalari O'simlik xom ashyosidan tayyorlanadigan dori vositalari murakkab tabiatga va turli-tuman tavsiflarga ega, shu munosabatda ularni ishlab chiqarishda boshlang'ich materiallarni, saqlash va qayta ishlash sharoitlarini nazorat qilish alohida rol o'ynaydi. O'simlik xom ashyosidan dori vositalarini ishlab chiqarishda boshlang'ich materiallar ishlov berilmagan o'simliklar, o'simlik xom ashyosi yoki oraliq mahsulotlar bo'lishi mumkin. O'simlik xom ashyosi talab etiladigan sifatlarga ega bo'lishi va oraliq mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan bo'lishi kerak. O'simlik xom ashyosi tarkibining bir jinsli ekanligiga ishonch hosil qilish uchun uning o'stirilishi (olinishi) usuli haqida batafsil axborot talab etilishi mumkin. O'simlik xom ashyosi sifatiga ta'sir etuvchi muhim omillar urug'ni tanlash, o'stirish va yig'ish sharoitlaridir. Bu omillar tayyor mahsulot barqarorligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. O'simliklarni o'stirish va tayyorlashda sifatni ta'minlash tizimi bo'yicha tavsiyalar NMRS qo'llanmasida keltirilgan (O'simliklardan olinadigan boshlang'ich materiallarni o'stirish va yig'ish bo'yicha qo'llanma). Ushbu hujjatda o'simlik xom ashyosidan olinadigan dori vositasi deganda o'simlik xom ashyosidan tayyorlanadigan an'anaviy dori vositalari tushuniladi. O'simlik xom ashyosidan tayyorlanadigan dori vositalarini ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi O'simlik xom ashyosi - asosan, o'simlik, dengiz suvo'tlari, zamburug''lar, lishayniklarning ishlov berilmagan, odatda quritilgan shakldagi, ammo ba'zida sarxil shakldagi butun, ajratilgan va kesilgan bo'laklaridir. O'simliklarning maxsus ishlov berilmagan ayrim ekssudatlari (ajratmalari) ham o'simlik xom ashyosiga kiradi. O'simlik xom ashyosining nomida o'simlikning foydalaniladigan qismi va binominal tizim bo'yicha botanik nomi aniq ko'rsatilishi kerak. O'simlik xom ashyosidan olinadigan oraliq mahsulot - o'simlik xom ashyosiga ishlov berish yo'li bilan, masalan, ekstraktsiyalash, haydash, siqish, fraktsiyalarga ajratish, tozalash, kontsentratsiyalash yoki fermentatsiyalash yo'li bilan olingan mahsulot. Oraliq mahsulotlarga maydalangan yoki kukunga aylantirilgan o'simlik xom ashyosi, nastoykalar, ekstratlar, efir moylar va ishlov berish jarayonida ajralib chiqqan moddalar kiradi. NMRS - Dori vositalari bo'yicha Yevropaagentligining o'simlik xom ashyosidan olinadigan dori vositalari bo'yicha qo'mitasi. Mazkur ilova o'simliklardan kelib chiqqan barcha boshlang'ich materiallar: dorivor o'simliklar, o'simlik xom ashyosi va undan olinadigan oraliq mahsulotlarga tatbiq etiladi. Izoh - Boshlang'ich materiallarni GMP bo'yicha tasniflash ulardan dori vositasining ishlab chiqaruvchisi qanday foydalanishiga bog'liq. Materialni faol farmatsevtik substantsiya, oraliq mahsulot yoki tayyor mahsulot sifatida tasniflash mumkin. Tavniflash uchun javobgarlik dori vositasining ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklatiladi. Ishlab chiqaruvchi bu bosqichlarning davlat ro'yxatidan o'tishda belgilangan talablarga mosligiga ishonch hosil qilishi kerak. Dala sharoitlarida bajariladigan bosqichlar uchun zarur hollarda O'simliklarni o'stirish va yig'ish qoidalariga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: doc