Galogen birikmalar

Galogen birikmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Galogen birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Galogen birikmalar klassifikatsiyasi, turlari, izomeriyasi va nomlanishi 2. Mono-, di- va poligalogen birikmalarning olinish usullari 3. Mono-, di- va poligalogen birikmalarning fizik xossalari 4. Mono-, di- va poligalogen birikmalarning kimyoviy xossalari 5. Mono-, di- va poligalogen birikmalarning ayrim vakillari Galogen birikmalar To'yingan uglevodorod tarkibidagi ikki yoki undan ortiq vodorod atomlarining galogenga almashinishi natijasida olingan birikmalarga di- va poligalogen birikmalar deyiladi. 1. Galogen birikmalar klassifikatsiyasi, turlari, izomeriyasi va nomlanishi Di- va poligalogen birikmalar tarkibidagi galogen atomlarining turiga qarab, bir turdagi va har turdagi (aralash)galogen atomlari tutgan galogen birikmalarga bo'linadi. Vitsinal (qo'shni)uglerod atomlarida galogenlar bo'lgan II valentli alkil radikallarni nomlashda teshishli alkil nomiga -en qo'shimchasi qo'shiladi. Terminal (geminal) S atomida galogen bo'lgan digalogen uglevodorodlar nomida esa -iden qo'shimchasi ishlatiladi. Metilen guruhlaridan iborat uglerod zanjirining oxirlarida galogenlar bo'lgan digalogenli hosilalarni nomlashda metilen guruhlar sonidan ham foydalaniladi. Barcha vodorod atomlari galogenga almashgan bo'lsa, ular pergalogen hosilalar deyiladi. F3C-CF3 Perftoretan CH2Cl-CH2Cl Etilenxlorid 1,2-dixloretan CH2Cl-CHCl-CH3 propilenxlorid 1,2-dixlorpropan CH3-CH2-CHCl2 propilidenxlorid 1,1-dixlorpropan ClCH2-CH2-CH2Cl trimetilendixlorid 1,3-dixlorpopan CH3-CCl2-CH3 izopropilidenxlorid 2,2-dixlorpropan CH3-CHCl2 Etilidenxlorid 1,1-dixloretan Tabiatda uchrashi: Bazi vulqon portlashidan hosil bo'lgan gazlar tarkibining asosini organik galogen birikmalar tashkil etadi, ular tarkibi asosan xlormetan, xloroform va diftordixlormetan va boshqa galogen birikmalardan iboratdir. To'yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalari tabiatda ko'plab uchraydi, ayniqsa 500 dan ortiq galogen birikmalar dengiz tirik organizmlarida uchrashi aniqlangan. Xlorometan dengizlarda yuzaga keladigan yong'inlarni bartaraf etadi. Organik galogen birikmalarni sintez qilish sanoat ahamiyatiga ega bo'lib, ular turli faollikka ega birimalar hisoblanadi. Trixloretilen galotan diftordixlormetan brommetan (erituvchi) (ingalyatsion sovituvchi vosita fumigant anestezirlovchi) 18.2. Mono-, di- va poligalogen birikmalarning olinish usullari 1.Metanni polixlorlash arzon va effektiv usul bo'lib, u orqali di-, tri- va tetraxlormetan olinadi. 2.Geminal tipdagi digalogen birikmalar sintez qilishning umumiy usuli aldegid va ketonlarga PCl5 (PBr5) ta'sir ettirish orqali olish. Bu reaksiyalar faolligi kam bo'lgan PCl3 (PBr3)lar bilan bormaydi. Reaksiya mexanizmi quyidagicha: Reaksiya ikkinchi bosqichida SNi mexanizmda boradi: 3.Ftorli mahsulotlarni olishda eng qulay usullardan biri aldegid va ketonlarga SF4 ni ta'sir ettirish: 4.Vitsinal(qo'shni) tipdagi digalogen birikmalar sintez qilishning umumiy usuli alkenlar galogenlarning birikishi. Reaksiya elektrofil birikish AdE mexanizmda boradi. Alkenlarga aralash galogenidlarning elektrofil birikishi CH3-CH═CH2+ICl→CH3-CHCl-CH2I 5.Ftorxlormetanlar (freonlar-sovituvchi vositalar)ning olinishi.Bunda surma ftorid va xloridlaridan foydalaniladi. Reaksiyalar natijasida trixlorftormetan(freon-11) va diftordixlormetan (freon-12) olinadi. Reaksiya mexanizmini xloroform olish reaksiyasi misolida ko'rib chiqamiz. Galogenning miqdoriga bog'liq ravishda α-holatdagi vodorod atomlari galogenga almashinadi. 6.Galoformlar(ftoroform, xloroform, bromoform va yodoform)ni olish. A)Xloroform,bromoform atsetaldegid yoki atsetonga ishqoriy muhitda tegishli galogenni ta'sir ettirib olinadi: B)Yodoform hosil bo'lish reaksiyasi quyidagicha: 6NaHCO3+4I2+C2H5OH→CHI3+HCOONa+5NaI+5H2O+6CO2↑ Ishqoriy muhitda yodning oksidlovchilik ta'siri ostida sirka aldegid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 970.36 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 970.36 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga