Gamma - rezonans yoki Myossbauer spektroskopiyasi (GRS) Bu spektroskopiyaning asosida Myossbauer effekti yotadi. 1958 yilda Myossbauer tomonidan kashf etilgan va tushuntirib berilgan hodisa uyg'unlashgan radioaktiv yadrodan tarqalgan gamma-nurlanishning ta'sirida kuzatiladi. Gamma-kvantlarning rezonansli yutilishini sodir etishi uchun nurlantiriladigan moddalarning yadrolarini uyg'unlashgan holatga o'tkazish lozim bo'lib, buning uchun malum nurlanish chastotasi kerak bo'ladi. Bunday rezonans chastotaning qiymati nurlanishni yutish qobiliyatiga ega bo'lgan yadroning tabiatiga, yani qanday atomlar bilan qurshovda bo'lishiga bog'liq. Gamma-rezonans spektroskopiya signallari orqali atom markazidagi elektr maydon haqida malum xulosa qilish mumkin va kimyoviy bog'larning tabiati bilan bog'liq bo'lgan masalalarni yechish mumkin. Gamma-rezonans spektroskopiyani kimyoga tadbiq etish sohasida rus olimi akademik V.I.Goldanskiy salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. GRS yordamida temir, qalay, rux, evropiy, iod, volfram va boshqa shunga o'xshash elementlar tutgan organik birikmalar o'rganilib metallarga nisbatan joylashgan organik guruhlardagi elektronlar zichligi ularning assimmetriyasi va tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan boshqa ma'lumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari GRS yuqori sezgirlikka ega bo'lgani uchun (YaMR ga nisbatan 5-6 marta) 70-yillarning boshida bu usulga etibor juda kuchayib ketdi, ammo olib borilgan tadqiqotlar bu usulning chegaralanganligini isbotlab berdi. Hozirgi vaqtda GRS asosan elementorganik va kompleks birikmalarning tuzilishini analiz qilishda ishlatilib kelinmoqda, bu esa o'z navbatida organik va bioorganik kimyoning maxsus bo'limlarini o'rganishda katta ahamiyatga ega. GRS -uslubi boshqa keng tarqalgan usullarga nisbatan (masalan EPR) juda ko'p miqdordagi elektron va spin holatli molekulalarni o'rganish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari rentgen-tuzilish analizidan farqli ravishda GRS yordamida albatta monokristall olish shart emas. Bu usulning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, bir vaqtning o'zida molekuladagi elektronlarning tuzilishiga hamda atomlarning harakatchanligiga izoh berish mumkin. Ayniqsa bu hodisa murakkab tuzilishga ega bo'lgan oqsil molekulalarida mavjud bo'ladi, ularning turli bo'lakchalarining harakatchanligi oqsilda konformatsion o'tishlar bilan chambarchas borliqdir, bu esa uning aktivligini belgilaydigan eng muhim omildir. GRS yordamida bunday o'zgarishlarni miqdoriy analiz qilish mumkin. Bu ishlar ayniqsa temir ioni tutgan oqsil tuzilishlarini o'rganishda olib boriladi, yani GRS yordamida temirli komplekslarni elektron tuzilishi to'g'risida aniq ma'lumot olish mumkin. Bunga misol qilib GRS yordamida temir atomi tutgan oqsillar - gemoglobin va mioglabinlarni o'rganish mumkinligini ko'rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. GRS ning kelajakdagi rivoji albatta asboblarni mukammallashtirishdan va uning nazariyasini molekulaning tuzilish nazariyasi bilan chambarchas bog'liqlikda olib borishdan iborat bo'ladi. Adabiyotlar ro'yxati 1. Benuell K. Osnovo' molekulyarnoy spektroskopii, M.,Mir 1985. 2. bahshiev N.T. Vvedenie v molekulyarnuyu spektroskopiyu, L., Izd-vo LGU, 1987. 3. Melnikova K.B. Elemento' kolebatelnoy spektroskopii i ix primenenie v ximii, Kiev, 1983. 4. Yelyashevich M.A., Stepanov B.M., Volkenshteyn M.V. Kolebanie molekul, M. 1949. 5. Kazitsina L.A., Kupletskaya N.B. Primenenie ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.57 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.57 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: doc