Gazlarni H2S, CS2 va merkaptanlardan tozalash texnologiyalari Vodorod sulfiddan tozalash Ushbu gaz tabiiy gaz tarkibida aralashma sifatida, neft, koks kimyo sanoatining chiqindi gazlarida, tekstil, bo'yoq ishlab chiqarishda, rezinotexnikada, farmatsevtika, tsellyuloza-qog'oz sanoati gazlarida uchraydi. Bu gaz o'tkir, badbuy, palag'da tuxum xidli bo'lib, o'pka-nafas yo'llarini yag'lig'lantiradi, siqadi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, ko'z yoshlanishi, konyunktivit, muskul qisqarishi kabi kasalliklarga sababchi bo'ladi. REChK =0,008 mgm3. Bu gazlarni tozalash uchun turli xemosorbentlar qo'llaniladi. Oltingugurt dioksid gazi - SO2 sulfat kislota - N2SO4, ammoniy sulfat ishlab chiqarishda, qattiq yoqilg'ini qayta ishlashda, metallurgiya, issiqlik elektr stansiya, kapron, linoleum, ruberoid, penoplast, tekstil, qog'oz, ozik-ovqat kabi sanoatlarning chiqindi tutun gazlarida uchraydi. Hozirgi kunda SO2 gazlarini zararsizlantirish uchun absorbtsion, adsorbtsion va katalitik usullar ishlab chiqilgan. Har bir usulning o'ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor. Usullarni qo'llash korxonadagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o'rnatiladi. Gazlarni oltingugurt angidridi (SO2) dan absorbtsion usulda tozalash Suvga absorbtsiya. Suv yordamida SO2 gazi absorbtsiya qilinganda quyidagi reaksiya boradi: SO2 + H2O = H2SO3 SO2 gazi suvda yaxshi erimaydi. Jarayonni chuqur olib borish maqsadida absorber hajmi kattalashtiriladi, suv sarfi oshiriladi. Suvga yutilgan SO2 gazi 100oS da qizdirilganda qayta ajralib chiqadi. Ushbu usulda energiya sarfi yuqori. ABSORBTSIYA USULLARI VAKUUM-KARBONAT USULI Ushbu usullarda chiqindi gaz tarkibidagi vodorod sulfid gazi natriy yoki kaliy karbonat tuzlarining eritmalariga yutiladi. Keyin to'yingan eritmani vakuum ostida qizdirish, sovitish yo'li bilan regeneratsiya qilinib, yana absorbtsiya jarayoniga qaytariladi. Bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo'ladi: Me2SO3 +N2S MeNSO3 +MeNS Me2SO3 + N2O + SO2 2 MeNSO3 MeNS + SO2 + N2O MeNSO3 + N2S Vakuum - karbonat usulida gazni vodorod sulfiddai tozalash texnologik sxemasi. 1-absorber; 2,9- nasoslar; 3- kondensator-sovitgich; 4-issiqlik almashtirgichi; 5-qizdirgich; 6-regenerator; 7-tsirkulyatsion qizdirgich; 8-sig'im; 10-sovitgich; 11-vakuum-nasos; 12-sovitgich; 13-pech; 14-kotel-utilizator. FOSFAT USULI Vodorod sulfidni fosfat usulida tozalash uchun 40-50% kaliy fosfatli eritma qo'llaniladi: K3RO4 + N2S KNS + K3NRO4 To'yingan eritmadan vodorod sulfid 107-115 0S da qaynatish orqali ajratiladi. Bunda qaynatgichlarning korroziyasi kuzatilmaydi. Eritma stabil bo'lib, uning sifatini pasayishi sodir bo'lmaydi. MIShYaK-IShQORIY USUL. Absorbentning xiliga qarab bu usul mishyak-sodali va mishyak-ammiakli usullarga bo'linadi. Absorbentlarni tayyorlash usun mishyak - As2O3 moddasi Na2CO3 yoki NH4OH larda eritiladi. Soda eritmasida erish jarayonida quyidagi reaksiya sodir bo'ladi: Na2CO3 + As2O3 + N2O 2 Na2NAs2O3 + 2SO2 Yutuvchi suyuqlik vodorod sulfid bilan o'zaro ta'sir qilganda hosil bo'ladi: Na2NAs2O3 + 5N2S Na4As2S 5 +6N2O Na4As2S5 + O2 Na4As2S5O2 Hosil bo'lgan oksisulfomishyak-natriy tuzi vodorod sulfid uchun yutuvchi eritma hisoblanadi. Absorbtsiya jarayoni quyidagicha boradi: Na4As2S5O2 + N2S = ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
475.81 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
475.81 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: pptx