Gazlarni tozalash usullari (absorbsiya, adsorbsiya) Absorbtsiya jarayoni to'g'risida umumiy tushunchalar Gaz hamda bug' aralashmalardagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbtsiya deb ataladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o'zaro ta'siriga ko'ra absorbtsiya jarayoni ikki xil bo'ladi: fizik absorbtsiya va kimyoviy absorbtsiya (xemosorbtsiya). Fizik absorbtsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent bir - biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o'zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, xemosorbtsiya deyiladi. Fizik absorbtsiya ko'pincha qaytar jarayondir, ya'ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish mumkin bo'ladi, bu hol desorbtsiya deyiladi. Absorbtsiya va desorbtsiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir necha marta qayta ishlatish imkoni tug'iladi. Absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo'lgani uchun, ular absorbtsiya jarayonidan keyin ko'pincha qayta ishlatilmaydi (masalan, gazlarni tozalaganda). Absorbtsiya jarayonini amalga oshirish qurilmalarining sxemasi Absorbtsiya qurilmalari ishlash rejimiga ko'ra davriy va uzluksiz bo'ladi. Kichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan absorbtsiya qurilmalaridan foydalaniladi. Zamonaviy sanoat korxonalarida ko'pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalar ishlatiladi. Gaz va suyuq fazalarning yo'nalishiga ko'ra, qarama - qarshi va to'g'ri yo'nalishli absorbtsiya qurilmalari mavjud. Absorbtsiya qurilmalari ish prinsipiga asosan bir va ko'p pog'onali, retsirkulyatsiyali va regeneratsiyali bo'ladi. Absorber ketma - ket ulangan qarama - qarshi yo'nalishli qurilmaning sxemasi ko'rsatilgan. Qurilma tarkibiga absorberlar 2 dan tashqari eritma yig'gichlar 1, eritmani uzatish uchun markazdan qochma nasoslar va eritmani sovitish uchun issiqlik almashinish qurilmalari 3 kiradi. Yutuvchi suyuqlik gazning yo'nalishi bo'yicha oxirgi absorberga beriladi, yuqoridan pastga oqib, qabul qiluvchi yig'gichga tushadi va nasos yordamida sovitgich orqali oldingi absorberga yuboriladi. Shunday qilib gaz va suyuqlikning qarama - qarshi yo'nalishdagi o'zaro ta'siri yuz beradi. Qarama - qarshi yo'nalishli absorbtsiya qurilmasining sxemasi: 1 - eritma yig'gich; 2 - absorberlar; 3 - sovitgichlar; 4 - nasoslar Gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy jarayon bu - benzinsizlashtirish jarayoni hisoblanadi. Qayta ishlanadigan neft gazini hajmidan, bu gazdagi zarur komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko'ra benzinsizlashtirishni to'rt usuli qo'llaniladi: Kompressorlash; Past temperaturali kondensatsiya va rektifikatsiya; Absorbsiyalash; Adsorbsiyalash; Benzinsizlantirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan bo'lib, havoli va suvli sovutkichlarda sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og'ir uglevrdorodlar va suv bug'lari kondensaciyalanadi, so'ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan etarli darajada ajratish imkonini ta'minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o'tkazish talab etiladi. Fraksiyalovchi absorber-desorber qurilmasi: kolonna; 2,4- absorbent sovitkichlari; 3-nasoslar; 5-riboyler. I-boyitilgan gaz; II- absorbent; II- quruq gaz; IV- to'yingan absorbent; V- yuqori bosimdagi bug'. Benzinsizlantirishni ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
699.59 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
699.59 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: ppt