Gazlarning turlari. Gazlarni tozalash usullari

Gazlarning turlari. Gazlarni tozalash usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Gazlarning turlari. Gazlarni tozalash usullari - rasmi

Material tavsifi

Gazlarning turlari. Gazlarni tozalash usullari Reja: Gazlarning turlari. Gazlarni tozalash usullari. Suyuq yutuvchilar - etilenglikollap yordamida tozalash; Konversiya gazini oltingururtli birikmalardan tozalash; Organik sintez uchun gazlar asosiy va kerakli xom ashyodir. Bundan tashqari ular issiqlik va energiya manbaidir. Sintetik-kauchuklarni turlari, spirtlari, motor yoqilg'ilarini ayrim komponentlari, eriturchilar, qorakuyani sifatlisi, sintetik moy tolalar, smolalar, plastmassalar va boshqa ko'pgina sintetik moddalar hozirgi vaqtda gazlardan (uglevodorodlardan) olinmoqda. Gazlar ikkiga - tabiiy va sun'iy (neftda qayta ishlash gazi) ga bo'linadi. Qaerdan qazib olinayotgani va usuliga ko'ra tabiiy gazlar -tabiiy, yo'lovchi va gazokondensatlarga bo'linadi. Tabiiy gaz - bu nefti bo'lmagan toza uglevodorod gazi. Yo'lovchi gaz - neft bilan birga chiquvchi gaz. Chuqurlikda va katta bosimda gazlar neftda erigan bo'ladi. Gazokondensat - chuqurlikda gaz suyuq neft uglevodorodlari bilan to'yingan bo'ladi. YUzaga chiqishi bilan suyuq faza gaz fazasidan oson ajraladi. Tabiiy gazlar - asosan past molekulali parafin uglevodorod-laridan tashkil topgan. Ularda yuqori molekulali uglevodorodlar bo'lmaganligi sababli ular quruq gaz guruhiga kiradi. Gazokondensatlar - tarkibida ko'p miqdorda metan, hamda neftni benzin, kerosin, aypim holatlarda dizel fraksiyasiga kiruvchi yuqori molekulali uglevodorodlar bo'ladi. Yo'lovchi gazlar yengil benzin (gaz benzini) olishni asosiy manbaidir. Tabiiy gazlarda uglevodorod bo'lmagan H2S, N, SO2, suv bug'i va boshqa qo'shimchalar ham bo'lishi mumkin. Neftni qayta ishlash vaqtida (turli uglevodorodlar fraksiyalariga ajratish - destruksiya) hosil bo'lgan gazlar - sun'iy gazlardir. Masalan: termik va katalitik kreking, pirolizlar. Mazut termik krekinglanganda etilen, propilen, butilenlar miqdori ko'p bo'ladi. Katalitik kreking vaqtida izobutan ko'p miqdorda chiqadi. Piroliz jarayonida esa etilen ko'p miqdorda chiqadi. Past bosim ostida boruvchi kreking vaqtida gazlarni hosil bo'lishi kamayadi, piroliz vaqtida esa ortadi. Piroliz jarayonida reaksiyaga kirishishi yuqori bo'lgan olefin uglevodorodlari ko'p ajraladi. SHu sababli organik sintez uchun bu jarayon (piroliz) ahamiyatlidir. Sun'iy gazlarda uglevodorod bo'lmagan N2, H2S, CO3, CO qo'shimchalari ham uchraydi. SHu boisdan gazlar yuqorida keltirilgan uglevodorodlar bo'lmagan qo'shimchalardan tozalanadi. 2. Gazlardan olinadigan (organik sintez uchun) xom ashyo sifatiga ta'sir etuvchi ortiqcha qo'shimchalar gazni tarkibidan chiqariladi, ya'ni tozalanadi. Tozalash jarayonlari ko'p bosqichli bo'lib, murakkabdir. Gazlarni H2S dan tozalash: quruq va suyuq holatdagi ko'rinishlarga bo'linadi. Aktivlangan ko'mir. (FeOH2, Fe2O3) va boshqalar ishtirokidagi tozalash quruq, sodali eritma, etanolamin, fenolyantlar ishtirokidagisi esa suyuq holatdagi tozalash deyiladi. Quruq holdagi tozalash anchadan beri qo'llanilib kelinadi. Bu usul past bosimda gaz miqdori kam bo'lganida, H2S dan to'liq tozalash uchun ishlatiladi. Yuqori bosimli gazni tozalash uchun bu usul qo'l kelmaydi, chunki chaqnab otilishi mumkin (spekaniya). Gazlar miqdori ko'p bo'lganida suyuq holda tozalash usuli qo'llaniladi. Na2CO3 bilan tozalash skrubberda yuqoridan pastga tomon harakatlanib, o'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.18 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.18 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga