Gazsimon yoqilg'ilarning xossalari va ishlatilishi. Gazsimon yoqilg'i turlari. Ularni ichki yonish dvigatellarda ishlatilishi Reja: 1. Gazsimon yonilg'ilarning afzalliklari va kamchiliklari. 2. Gazsimon yonilg'ilar tarkibi va xossalari. 3. Siqilgan gazlar tarkibi va asosiy xossalari. 4. Ichki yonuv dvigatellarida gazsimon yonilg'ilardan foydalanish. 5. Ichki yonuv dvigatellari uchun muqobil yonilg'ilar. Gazsimon yonilrilarning afzalliklari va kamchiliklari. Mamlakatimiz katta gaz yonilg'isi zaxirasiga ega va yildan-yilga ichki yonuv dvigatellarida gazsimon yonilg'ilarni qo'llash miqyosi oshib bormokda. Gazsimon yonilg'ilar suyuq yonilg'ilarga qaraganda qator afzalliklarga ega, shuning uchun ular istiqbolli va avtotraktor IYoDlarida keng ko'lamda qo'llash uchun maqbul yonilg'i hisoblanadi. Ko'pgina xollarda ular mahalliy yonilg'i turlari bo'lib, suyuq yonilg'ilarga nisbatan ancha arzon. Gazsimon yonilg'ilarning zaxirasi juda katta, ko'pchilik gazsimon yonilg'ilar havoning ortiqchalik koeffitsiyenti kichik bo'lgan xollarda ham to'la yonish qobiliyatiga ega. Ular tarkibida korrozion agressiv moddalar bo'lmaydi, shuning uchun yonganda qurum, smola va kul hosil bo'lmaydi. Uchqun bilan yondiriladigan IYoDlarida yonuvchi gazlarni qo'llash aralashma hosil qilish jarayonini, shuningdek, har qanday ishlatish sharoitlarida aralashmaning silindrlar bo'ylab taqsimlanishini yaxshilaydi va engillashtiradi, chunki gazlar havo bilan turli nisbatlarda ancha oson aralashadi. Ko'pgina gazlar suyuq yonilg'ilarga nisbatan alanga tarqalishining ancha keng kontsentratsion diapazoniga ega, yani aralashmada havo miqdori o'ta ortiq bo'lganda ham tez va to'lik, yonadi. Bularning barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo'llaniladigan moslamani soddalashtirishga, unda yonilg'i va havoning atmosferaga zaharli moddalar kam miqdorda chiqariladigan nisbatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg'ilar ishlatilganda benzinga nisbatan ishlatilgan gazlar tarkibida zaharli moddalar miqdori deyarli 1-5 martagacha kamayadi (7-jadval). Gaz yonilg'ilaridan foydalanilganda IYoDning sovuq holda ishga tushirish va qizdirilmagan holatda ishlashidagi yonilg'ining bug'lanishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklar bo'lmaydi, atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda ta'minlash tizimida bo'r tiqinlari hosil bo'lish xollari o'z-o'zidan yo'qoladi. Gaz yonilg'ilari benzinlarga nisbatan yuqori antidetonatsion xususiyatlarga ega, bu esa dvigatelning siqish darajasini ko'tarishga va yonilg'i tejamkorligini oshirishga imkon beradi. 6-jadval Gazsimon yonilg'ilar va benzin qo'llanilganda ishlatilgan gazlar tarkibi, g100 km Shu bilan bir qatorda gazsimon yonilg'ilarni qo'llashda motor moyining eskirish jarayoni sekinlashadi va alamashtirish muddati suyuq yonilg'ilar qo'llanganga nisbatan 2-4 martagacha uzayadi. Bunga asosiy sabab shuki, gazsimon yonilg'ida silindr devorida yonilg'i bo'rlari kondensatsiyalanmaydi, bu o'z navbatida motor moyining chala yoki yonmagan yonilg'i bilan suyo'li-shining oldini oladi. Dvigatelning ta'mirlashgacha ish muddati ham gazsimon yonilg'i qo'llanganda 1,5-2 martaga oshadi, chunki bunda suyuq yonilg'ilar kabi yonmay qolgan yonilg'i silindr va porshen yuzalaridan moy qatlamini sidirib ketmaydi, porshen guruhi va yonish kamerasi devorlarida qurum va boshqa cho'kindilar miqdori nisbatan kam bo'lib, silindrporshen guruhining eyilishini kamaytiradi. Shuni takidlab o'tish lozimki, suyultirilgan gazlarning bahosi benzinga nisbatan 2 marta arzondir. Yuqorida qayd ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
40.07 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
40.07 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: docx