Gellar va iviqlar Reja 1. Ivish jarayoni, iviqlarning xossalari va sinflarga bo'linish i. 2. Tiksotropiya hodisasi. 3. Sinerezis hodisasi. 4. Bo'qish. 1. IVISH JARAYONI, IVIQLARNING XOSSALARI VA SINFLARGA bo'linish I. Strukturalar hosil qilish jarayoni dispers sistemaning butun hajmiga tarqalsa, sistema alohida bir holatga o'tadi. Sistema bunday holatda cheksiz katta qovushqoqlikka ega bo'lib qoladi, unda qattiq jismning ham, suyuqlikning ham xossalari bo'ladi. Kolloid zarrachalar orasida yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulyar tutinish kuchlari ta'sir etishi tufayli ichki strukturalar hosil bo'lishi natijasida o'z oquvchanligini batamom yo'qotgan sistemaga iviq yoki boshqacha aytganda, gel deyiladi. Gel hosil bo'lganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat o'zgarmay qoladi. «Gel» atamasi kolloid sistemalarda ishlatiladi. «Iviq» esa polimer eritmalarining ichki strukturalar hosil bo'lishi natijasida o'z oquvchanligini yo'qotgan mahsulotlaridir. Kolloid sistemalarda gelga aylanish va polimer eritmalarining ivish jarayoniga: 1) kolloid zarracha yoki polimer makromolekulasining shakli va o'lchami; 2) dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat; 3) harorat; 4) vaqt va 5) elektrolit qo'shilishi katta ta'sir ko'rsatadi. Dispers fazaning zarrachalari asimetrik shaklda bo'lgan sistemalardagina ivish jarayoni vujudga keladi. Bunday sistemalar qatoriga ba'zi kolloidlar, ba'zi suspenziyalar va ko'pchilik yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi. Bu sistemalarda bir zarrachaning ayrim qismlari boshqa zarrachaning ayrim qismlari bilan birlashib, ivishni vujudga keltiruvchi tursimon struktura hosil qiladi. Butun suyuqlikni ivitishga yetarli tursimon struktura hosil qilish uchun sistemada erigan moddaning kontsentratsiyasi yetarli darajada bo'lishi lozim. Masalan, jelatina eritmasining uy haroratida ivishi uchun yetarli eng past kontsentratsiyasi taxminan 1% ga teng. agar eritmaning kontsentratsiyasi shundan kam bo'lsa, ivish jarayoni vujudga kelmaydi. Sistemadagi zarrachalarning asimmetriya darajasi ivish jarayonida asosiy rol o'ynaydi. Makromolekula shakli qancha chuziq bo'lsa sirt eritmaning ivish kontsentratsiyasi shuncha past bo'ladi. Eritmaning kontsentratsiyasi ivish tezligiga ham ta'sir ztadi. Kontsentratsiya ortishi bilan ivish ham tzlashadi. Harorat ko'tarilganida molekulalarking harakat tezligi ortadi va ular orasidagi bog'lanish zaiflashadi. Shu sababdan har qanday gelning hosil bo'lishi uchun o'ziga xos eng past harorat kerak, bu haroratdan yuqorida ivish jarayoniga vujudga kelmaydi. Shunday qilib, ivish jarayoniga harorat ham katta ta'sir etadi. Masalan,. jelatinaning 5%li eritmasi 15° da, 15% li eritmasi esa 4° da gelga aylanadi. Sanoat mollari ishlab chiqarishda va ayiiqsa oziq-ovqat tayyorlashda turli kolloid sistemayaarning gelga aylanish va yuqori molekulyar barikma eritmalarining ivish haroratlarini bilish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Gellar va iviqlar hosil bo'lishida vaqtning roli ham katta. Ivish va gelga aylanish jarayonlari xatto yetarli kontsektratsiyaga ega, bo'lgan sistemalarda xam bir onda sodir bo'lmaydi. Kolloid eritmalarda dispers faza zarrachalarining va polimer eritmalarda makromolekulalarning qayta guruhlanishi va sistemada to'rsimon g'ovak strukturalar hosil ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.34 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.34 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: doc