Genetik injeneriya va biotexnologiya

Genetik injeneriya va biotexnologiya

O'quvchilarga / Kimyo
Genetik injeneriya va biotexnologiya - rasmi

Material tavsifi

Genetik injeneriya va biotexnologiya Reja: 1. Genetik injeneriya va biotexnologiya tushunchalarni shakllantirish metodikasi. 2.G.Mendelning irsiyat qonunlarini o'rganish metodikasi. 3. Biotexnologiya va uni inson hayotidagi tutgan o'rni. Monoduragay, diduragay chatishtirish, gametalar soflik gepotizasi, komplementar irsiylanish, epistaz, genlarning polimer irsiylanishi, jins genetikasi. Darsning identiv maqsadlari: a) genetik bilimlarni puxta o'zlashtirish; b) genetik masalalarni yechish ko'nikmasini hosil qilish. Birinchi asosiy masalaning bayoni. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borishi natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bugini hisoblangan xalq ta'limida ham tub o'zgarishlar ruy bermoqda. Asrimiz ta'limi xalqchil, insonparvar, demokratik, adolatli bo'lish bilan birga sermazmun, samarali, ibratli, maqbul va takomillashgan ta'lim tizimi bo'lishi kerak. Bu omillar asosida o'quvchilarni bilim olishga bo'lgan xohishlarini rivojlantirish, ular ongida milliy mafkurani shakllantirish, uni hayotga tatbiq etish yotadi. Genetika fani barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan irsiyat, o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganadi. Irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganadi. Irsiyat va o'zgaruvchanlik birga yirik organizmlarga xos xususiyatlardan biri. Irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu bois jamiyatning har bir a'zosi genetikadan zarur bilimga ega bo'lmog'i kerak. Umumiy biologiyadan dars berayotgan o'qituvchilar ushbu fanning mazmuni «murakkab» deb uyladilar. Shu sababli uni o'zlashtirishda o'quvchilar qiynaladilar degan fikrni bildiradilar. Ko'pchilik o'qituvchilar bilan qilingan suhbatlar, ularning darslarini ko'zatishlar, ular faoliyatida quyidagi muammolar borligi aniqlangan. -genetikaga bag'ishlangan barcha darslarni oldingi boblardagi mavzular mazmuni bilan bog'lab o'tmaslik; -mavzularni tayyor ko'rgazma qurollar yordamida tushuntirish bilan chegaralanib, o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga etarli e'tibor bermaslik, -nazariy bilimlarni amaliyot bilan ayniqsa masalalar yechish bilan bog'lamaslik; -o'qituvchilarning genetik bilimlari yuzaki ekanligi. Ularning kuchiligi, fenotip, genotip, gomozigota, geterozigota, gameta, zigota, xromosomalarning gaploid, diploid to'plami qaysi hujayrada uchrashi, genlarning o'zaro ta'sir tiplarini yaxshi ajrata olmasliklari; -genetik bilimlarning yuzaki bo'lishiga asosiy sabab dars jarayonida o'quvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirishga e'tibor bermaslikdir. 1. Biologiyadagi «Genetika asoslari» bobi mazmunan «Sitologiya asoslari» dagi yadro, xromosomalar, mitoxondriya, ribosomalarning to'zilishi, funkstiyasi, «Hayotiy jarayonlarning kimyoviy kislotalar, gen, gentik pod, oqsil biosintezi, hujayra metobolizmi, «Organizmlarning ko'payishi va individual rivojlanishi» dagi ish va individual rivojlanishi» dagi mitoz bo'linish, meyoz bo'linish, spermatogenez, ovogenez, gametalar, urug'lanish, zigota, xromosomalarning gaploid va diploid to'plami, ularning biologik ahamiyati kabi tushunchalar bilan uzviy aloqador ekanligini ko'rsatadi. Binobarin genetikadan o'quvchilarga puxta bilim berishga tayyorgarlik ana shu bilimlarni o'tish davridan boshlanishi lozim. 2. Genetika bo'limini o'qitish davomida o'qituvchi, o'quvchilarning shu bo'limlardan o'zlashtirgan bilimlariga asoslanishi kerak. Shu bilan birga o'quvchilarda mustaqil fikrlash yaxshi rivojlanganligini e'tiborga olib, genetik bilimlarni tayyor ko'rgazma qurollar yordamida emas, balki fragmentlar ajratib sinf taxtasiga yozib tushuntirmog'i maqsadga muvofik. 3. o'quvchilar sinf doskasida fragmentlarga ajratib tushuntirilayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.14 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.14 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga