Gerbitsid va pestitsidlarning tizimlar faoliyatiga ta'siri Reja: 1.O'simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy vositalar. 2. Pestitsid va Gerbitsidlarning mahallay organlarga ta'siri 3. Pestitsilarning organizmga ta'sir qilish mexanizmi Xulosa Pestitsidlarning gigiyenik tasnifi. hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida hayotning turli jabhalarida kimyo sanoati mahsulotlari keng kulamda kullanilmokda.ayniqsa qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtirish borasida kimyoviy moddalarni qo'llash katta ahamiyat kasb etadi.qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi xar tomonlama rivojlantirish,o'simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy,biologik, vositalar,mineral o'g'itlar,kompleks mexanizatsiya va erlarni melioratsiyalash yo'li bilan qishloq xo'jaligini jadallashtirish choralarini ogishmay amalga oshirib borish bilan maqsadga etish mumkin. jahonning kupgina mamlakatlarida xalq boshiga ocharchilik va vayronalikni keltiradigan ogir ofatlarning sababchilaridan biri o'simlik zararkunandalari va kasalliklaridir.jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ning bergan ma'lumotlariga karaganda,dunyo bo'yicha qishloq xo'jaligiga xar turdagi zararkunandalar etkazayotgan zarar xar yili 75 milliard dollardan oshadi. Chigirtkalarning bulutdek yopirilib million-million gektar maydonlardagi ekinzorlarni yuk qilib yuborayotganligi haqida ma'lumotlar beriladi.Butun-butun urmonlar,mevazor boglar,tokzorlar, xasharotlar,tufayli kasallikka uchrab ko'rib ketmokda. Malumki,inson organizmi tashqi muhit bilan uzviy va chambarchas boglangan. Demak, tashqi muhitning zaharli kimyoviy moddalar bilan zararlanishi (ifloslanishi) o'z navbatida aholi sogligiga va barcha foydali jonivorlarga salbiy ta'sirini ko'rsatmay kuymaydi. Mazkur ta'sirchan kimyoviy moddalarni atroflicha o'rganish,sinab ko'rish va lozim bo'lganda kulanilishiga oid tavsiyalarni ishlab chiqishga doir barcha masalalar qishloq xo'jaligi bilan bevosita shugullanuvchi Davlat komissiyasiga tegishlidir.U o'simlik zararkunandalari,kasalliklarni hamda begona o'g'itlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurash borasida faollik kursatadi. Organizmlarning pestitsidlarga chidamliligini paydo bo'lishi va ortib borishi Gerbitsidlardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun ularning sarflash miqdorini aniqlash lozim. Gerbitsidlar sarflash miqdorini haddan ziyod ko'paytirib yuborish, ekinlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Gerbitsidlarning sarflash miqdorini aniqlashda begona o'tlar qalinligi, ularning turlari va rivojlanish davrini, tuproq, iqlim sharoitini hisobga olish lozim. Bunda begona o'tlarning asosiy qismi unib chiqqan, baravj o'sib turgan davri bo'lishi lozim. Gerbitsid qo'llash davrida haroratni past bo'lishi gerbitsidlarni ta'sirchanligini kamaytiradi. Kechikib berilgan kimyoviy ishlovning begona o'tlar baquvvat o'sishi sababli samaradorligi kamayadi. Gerbitsidlarning ishchi eritmasi gektariga 300-400 l. miqdorda bo'lishi, purkash ishlarini mavjud ventilyatorli yoki shtangali purkagichlardan foydalanib amalga oshirish zarur. Gerbitsidlar bilan ishlash. Gerbitsidlarning ishchi suyuqliklarini ishlatganda, avvalo purkagich apparatlari bakining taxminan yarimiga qadar toza suv quyiladi va gidroaralashtirgich ishga tushiriladi . Oldindan tayyorlab qo'yilgan gerbitsid miqdori chellakka solinadi va unga 5-7 litr suv quyib aralashtiriladi va purkagich bakiga quyiladi, shundan so'ng gerbitsid qoldig'i yana ikki marta chayiladi va bakka quyiladi. Bakdagi etishmagan qism suv bilan to'ldiriladi. Gerbitsidlarni ishlatayotganda havo ochiq bo'lishi, harorat 18-25 gradus atrofida va namlik 65% dan kam bo'lmasligi lozim. Bunda shamolning tezligi sekundiga 3 metrdan ortiq bo'lmasligi kerak. G'allazorlarda begona o'tlarga qarshi kurash uchun tavsiya etilgan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
989.06 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
989.06 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: ppt