Geterogen kataliz

Geterogen kataliz

O'quvchilarga / Kimyo
Geterogen kataliz - rasmi

Material tavsifi

Geterogen kataliz Reja: 1. Geterogen katalitik jarayonining bosqichlari. 2. Katalizator aktivligiga turli faktorlarning ta'siri. 3. Katalizatorning maydalanganlik darajasining ta'siri. 4. Katalizatorning eskirishi. Geterogen katalitik jarayonlarning bosqichlari Bu xil jarayonlarda ko'pincha katalizator qattiq modda, reagentlar esa suyuq yoki gaz (bug') holida bo'ladi. Jarayon fazalar chegarasida boradi, shunga ko'ra kataliz asosan birin-ketin boradigan jarayonlardan iborat bo'lib, ular; Dastlabki moddalarni katalizator yuzasiga olib kelish. Katalizator yuzasida molekulalarni joylanishi va deformatsiyalanishi. Katalizator yuzasiga adsorblanish. Katalizator yuzasidagi reaksiyalar. Reaksiyada hosil bo'lgan moddani desorbtsiyalanishi. Hosil bo'lgan moddani katalizator yuzasidan olib ketilishi va aktiv markazlarni bo'sh qolishi. Bu jarayonlarni qaysi biri sekin borsa, umumiy jarayon tezligi shu bosqichni tezligiga teng bo'ladi. Bu bosqichga chegaralovchi (limitlovchi) bosqich deyiladi. Odatda, ikkinchi bosqich (kinetik soha) chegaralovchi bo'lishga intiladi. Qaysi bosqichni chegaralovchi bo'lishi, katalizatorning xossasiga (aktivligiga) va reaksiya sharoitiga bog'liq. 2. Katalizator aktivligiga turli faktorlarning ta'siri Temperaturaning ta'siri. Katalitik reaksiyani unumiga nisbatan Vant-Goff izoxora - izobara tenglamasi, bu tenglamadan chiqadigan xulosalar o'z kuchini saqlab qoladi. Lekin temperatura katalizatorni aktivligiga ta'sir ko'rsatadi. Har bir katalizator tarkibi va tayyorlanish sharoitiga qarab, malum reaksiya uchun malum temperatura chegarasida eng katta aktivlikka ega bo'ladi. Odatda, katalizator qancha aktiv bo'lsa, uni past temperaturadagi aktivligi shuncha katta bo'ladi va temperaturani katalizator aktivligiga ta'siri keskinroq seziladi. Temperaturani katalizator normal ishlaydigan ish temperaturasidan oshishi uni aktivligini kamaytiradi va hatto, uni passiv qilib qo'yadi. Katalizator yuzasida koks va smolalar hosil bo'lib, uni zaharlaydi. Shuning uchun katalitik reaksiyalarda temperaturani o'zgarib turishi va ayniqsa, haddan tashqari oshib ketishi katalizator uchun zarardir. Shunga ko'ra, reaksiya natijasida, ayniqsa, ekzotermik reaksiyalarda chiqayotgan issiqlikni keraksiz qismini reaksiya muhitidan chetlatish kerak bo'ladi. Ko'pincha, katalizator malum temperaturadan pastda uncha aktivlik ko'rsatmaydi. Masalan: ko'k tusli volfram oksidi 2100S dan past temperaturada etil spirtidan etilen hosil bo'lish reaksiyasini uncha tezlatmaydi. Vant-Goff tenglamasi: bo'lsa, izoxora, yani hajm o'zgarmay boradigan reaksiyalar uchun Tga bog'liq bo'ladi. Rosm = osmatik bosim, n-V hajmdagi moddaning devorga uriladigan molekulalar soni. R = universal gaz doimiyligi, 1,987 kalmol grad. T = absolyut temperatura, 0K Gazning partsial bosimi - R deb, gaz aralashmasida gazlardan faqat birini qoldirib, boshqasini chiqarib olinganda, o'zgarib qoladigan gaz bosimiga aytiladi va quyidagicha yoziladi: V va T - aralashmaning hajmi va temperaturasi. i - i-ninchi gazning molekulyar og'irligi. Mi - gazning massasi. R - Boltsman doimiyligi. Bazan temperatura minimum ish temperaturasidan oshgan sari katalizatorning aktivligi uzluksiz oshavermaydi, lekin malum temperaturadan so'ng katalizator aktivligi o'zgarmas bo'lib qoladi. Bu hol gidrogenlash, gidrokreking, gidrotozalash, gidroizomerizatsiya reaksiyalarida ko'p uchraydi. 5 - rasm. Katalizator aktivligini reaksiya temperaturasiga bog'likligi. Katalizatorlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga