Mavzu: Geterohalqali polimetakrilatlar sintezi va ularning termooksidlanishini o'rganish. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz ta'lim sohasidagi ulkan o'zgarishlari butun jahon ahliga e'tirof qilinmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng polimer mahsulotlari ishlab chiqarishga e'tibor yanada kuchaydi, ayniqsa polietilen, poliakrilonitril, poli-akrilamid ko'plab ishlab chiqarilmoqda Metilmetakrilat va uning barqarorlashtirilgan hosilalarini sintez qilish muhim dolzarb ahamiyatga ega. Ishning maqsadi: Geterohalqali polimetakrilatlarni sintez qilish va ularning termooksidlanishini o'rganishdan iboratdir. Olingan natijalar va ularning yangiligi: Polimetilmetakrilat va geterohalqali metakrilatlar asosida kompozitsiyalar tayyorlash va ularning termik va termooksidlanish destruksiyasi o'rganildi. Tayyorlangan polimer kompozitsiyalar polimetilmetakrilatga nisbatan termooksidlanish destruksiyasi ta'siriga barqaror ekanligi aniqlandi. Ilmiy- texnik taraqqiyot tezlashuvi faqat sanoat o'sishi bilan emas, polimer materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar xizmat qilish muddati va sifati ortishi bilan ham belgilanadi. Bu vazifa juda dolzarb bo'lib ko'p tonnali polimerlar: polimetilmetakrilat, polisitrol, polivinilxlorid va poliakrilonitrillarning sanoatda keng qo'llanilishi ularning bebaho kompleks xossalariga bog'liqdir, lekin ularning turli anomal holatlarga barqarorligi pastdir. Bundan kelib chiqqan holda polimer tizimlar uchun samarali yuqori molekulyar barqarorlashtiruvchilarni sintez qilish imkoniyatlarini izlash muhimdir Polimer materiallarni barqarorlashtirishning bir necha usullari mavjud, birinchisi polimerga quyi molekulyar barqarorlashtiruvchi qo'shishi, ikkinchisi yuqori molekulali barqarorlashtiruvchi qo'shish, uchinchisi kimyoviy barqarorlashtirish, ya'ni asosiy monomerga oz miqdorda barqarorlashtiruvchi guruh saqlagan monomerdan qo'shib sopolimerlash kiradi. Polimer makromolekulyar zanjiriga barqarorlashtiruvchi molekulasini kiritish barqarorlashtiruvchi guruhni makromolekulada tekis taqsimlanishi, organik erituvchi muhitida yuqilmasligini, yuqori haroratda uchib chiqmasligini ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish imkoniyatini beradi Metakril kislotasi geterohalqali efirlarini sintezi X = S,O; Y = S,O; R = H, CH3, Hal= CI, Br; Me= Na, K. -MeHal Monomerni eterifikasiya usulida olish Polimer makromolekulalarida polimerlanish darajasining kamayishi bilan boradigan reaksiyalarni destruksiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlardan foydalanish, ularni saqlash va qayta ishlashda, shuningdek kimyoviy o'zgarishlarga uchratish vaqtida destruktiv jarayonlari sodir bo'ladi. Destruksiya natijasida polimerlarning ko'pgina fizik-kimyoviy va mexanikaviy xossalari o'zgaradi (ya'ni yomonlashadi). Bunga asosiy sabab destruksiya vaqtida polimer makromolekulasida boradigan parchalanish reaksiyalaridir. Demak destruktiv jarayonlar ko'p hollarda maqsadga muvofiq, kelmaydigan zararli oqibatlarga olib keladi. Bezoksazoltionmetilmetakrilat polimerlanish sxemasi 1-jadval Gomopolimer tavsifiy qovushqoqligiga initsiatorlar tabiati ta'siri Sm = 0,5 moll, Si = 0,005 moll, T = 343 K Polimer chiqimini dioksan muhitida vaqtga bog'liqligi Vaqt, min % 1-PB; 2-DAK; 3-DPDK. Sm = 0,5 moll, Si=3,79.10-3 moll, T=33 K. Xulosalar: 1. Geterohalqali metakrilatlar tarkibida azot-, oltingugurt-, kislorod saqlagan geterohalqali birkmalarning galogenmetil hosilasiga akril kislotasini natriyli tuzini ta'sir qildirib sintez qilindi. Sintez qilingan monomerlarning tarkibi element analizi yordamida, tuzilishi spektroskopik usullarda o'rganildi. 2. Polimetilmetakrilat va uning barqarorlashtirilgan namunalari termik va termooksidlanishga barqarorligi termo-gravimetrik analiz, xromatografik monometrik usullar yordamida o'rganildi. Polimerlar parchalanishi kinetik egri chizig'i avtokatalitik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
86.75 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
86.75 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: ppt