Geterosiklik birikmalar Geterosiklik birikmalar deb halqada S atomidan tashqari bir yoki bir nechta geteroatom tutuvchi birikmalarga aytiladi. Ko'pincha geteroatom sifatida N, O, S, shuningdek P, Se, va Si kabi elementlar bo'lishi mumkin. Geterohalqali birikmalarni to'yingan, to'yinmagan va aromatik geterohalqali birikmalarga ajratish mumkin. To'yingan geterohalqali birikmalarga siklik oddiy efirlar, laktamlar, siklik angidridlar va shunga o'xshash birikmalar misol bo'ladi Bularga masalan, siklik oddiy efirlar: formula I - 12-kraun-4; (1,4,7,10-tetraoksasiklododekan) formula II - 1,10-diaza-18-kraun-6; (1,4,10,13-tetraoksa-7,16-diazasiklooktadekan) formula II - 1,7-ditia-15-kraun-5 Laktamlar: β-propiolaktam γ-butirolaktam δ-valerolaktam siklik angidridlar: Malon kislota angidridi Glutar kislota angidridi Bunday birikmalarning kimyoviy xossalari chiziqli analoglaridan farq qilmaydi. To'yinmagan geterohalqali birikmalar. Digidrofuran Pirrolinlar Bu birikmalar kimyoviy xossasi jihatidan ochiq zanjirli birikmalardan birmuncha farqlanadi. Bunday geterohalqali biirkmalarda halqada joylashishiga qarab qo'shbog' va geteroatomning o'zaro ta'siri sezilarli bo'ladi. Aromatik geterohalqali birikmalar deyilganda nomidan ham ko'rinib turibdiki, bu birikmalar aromatiklik xususiyatiga malum darajada ega bo'lib, o'ziga xos elektron tuzilishga ega Ularda siklik struktura elektronlari bilan geteroatom bo'linmagan elektron juftining ta'siri kuchli ifodalangan. Malumki aromatik sistema bo'lgan benzol halqasida uglerod atomlari bitta tekislikda joylashgan, shuning uchun ham uning valent burchaklari sp2 gibridlanish natijasida deyarli kuchlanishga ega emas. Tekis tuzilishga va bir xil valent burchagiga ega bo'lganligi uchun benzol molekulasidagi atomlar orasidagi masofa ham bir xil. Benzol molekulasining simmetriyasi elektronlarning delokallanishiga imkon yaratadi, simmetriyaning buzilishi esa elektronlar delokallanish darajasining kamayishiga olib keladi Delokallanish energiyasinnig kamayishi va elektron zichlikning notekis taqsimlanishi natijasida aromatik geterohalqali birikmalarda turli holatlar kelib chiqishi mumkin, bu esa ushbu birikmalarning aromatik uglevodorodlarga nisbatan kimyoviy xossalarining o'zgarishiga olib keladi. Birinchi holat. Agar aromatik karbosiklik birikmalarda asosan elektrofil almashinish reaksiyalarining borishi kuzatilsa, aromatik geterohalqali birikmalarda (elektron zichlikning taqsimlanishiga bog'liq holda) halqada elektrofil markazlar ham nukleofil markazlar ham bo'lishi mumkin, yani ular uchun elektrofil almashinish reaksiyalari ham nukleofil almashinish reaksiyalari ham xosdir. Ikkinchi holat. Agar kuchli qutbli guruhlarga ega bo'lmagan karbosiklik aromatik birikmalarda asosan mezomer ta'sir kuzatilsa, aromatik geterosiklik birikmalarning reaksiyalarida mezomer effekt ham induksion effekt ham kuzatilishi mumkin, ikkinchi ta'sir geteroatomning atrofidagi atomlarga bilvosita ta'siri sifatida namoyon bo'ladi. Uchinchi holat. Delokallanish enargiyasining kamayishi, elektron bulut zichligining notekis taqsimlanishi nukleofil reagentlar ta'sirida geterohalqa barqarorligining kamayishiga olib keladi. Getrosiklik birikmalar qatorida halqaning ochilishi va qayta hosil bo'lishi malum sharoitlarda geterosiklik birikmalarda ko'p kuzatiladi. Albatta yuqorida keltirilgan holatlar geterosiklik birikmalarning tabiatini va xosslalarini to'liq ifodalash uchun etarli bo'lmaydi. Ularning boshqa birikmalardan farq qiladigan yana ko'plab xossalari mavjud. Geteroatom tabiati ham geterosiklik birikmalarda ketadigan reaksiyalarning borishiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari geterosiklik birikmalarni uch, to'rt, besh, olti, etti, sakkiz azoli, kondensirlangan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
846.5 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
846.5 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: pptx