Gidrogenizatsion jarayonlar

Gidrogenizatsion jarayonlar

O'quvchilarga / Kimyo
Gidrogenizatsion jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Gidrogenizatsion jarayonlar Reja: 1.Neftni qayta ishlashda gidrogenizatsiya jarayonining vazifasi va ahamiyati; 2. Neft distillyatlarini gidrotozalash; 3. Jarayonda ishlatiladigan katalizatorlar, xom ashyo va mahsulotlar, asosiy omillar. 4. Jarayonning asosiy ko'rsatkichlari. Gidrogenizatsion jarayonlarga quyidagilar kiradi: a) Gidrochistka: oddiy rejimda olib borilganda xom ashyo oltingugurt va azot birkmalari va to'yinmagan uglevodorodlardan tozalanadi: qattiq rejimda olib borilganda kerosin va dizel yoqilg'isi fraksiyalaridagi aromatik uglevodorodlarni naftenlarga o'tkaziladi (reaktiv yoqilg'i olish). b) Gidroobesserivanie: neftning og'ir qoldiqlarini va mazutni tozalash. v) Gidrokreking: yuqori haroratda qaynovchi neft fraksiyalaridan yengil fraksiyalar (benzin, reaktiv va dizel yoqilg'i)ni olish. g) Gidroochistka usuli bilan yog' mahsulotlarini olish. d) Parafinlarni tozalash. Gidroochistka jarayonining ahamiyati. Oxirgi vaqtda umumiy balansda tarkibida oltingugurt va azot birikmalari ko'p bo'lgan neftlarni qazib olinishining ko'payishi va shuning bilan birga, neftdan olinayotgan mahsulotlarni sifatiga qattiq talab qo'yilishi munosabati bilan va havo flotida reaktiv texnikasining joriy ' qilinishi gidroochistka jarayonining rivojlantirishni taqozo qildi. Gidrokreking jarayoni kelgusida katalitik kreking jarayonini o'rnini oladi. Gidroochistka usuli bilan yog'lar olish jarayon murakkabroq jarayon bo'lishiga qaramay kelgusida rivojlanadi. Bu usulni asosiy ikkita omili bor: a) hozirgi yog' olish jarayonidagi ishlatilayotgan zaharli fenol moddasi ishlatilmaydi; b) olinayotgan yog'ning miqdori kupayadi. Bulardan tashqari gidrooblagorajivanie jardyoni ham gidrogenizatsion jarayonlarga kiradi. Masalan, piroliz jarayonida olingan suyuq modda tarkibida bir va bir necha qo'shbog'i bo'lgan to'yinmagan birkmalar, shular bilan birga, oltingugurt va azotli birkmalar bor. Bu suyuq moddani sifatini yaxshilash uchun birinchi navbatda platina katalizatori ishtirokida 20-75°S da 4-5 MPa bosimda 1 ikki va undan ortiq qo'shbog'li birkmalar smolasimon moddalar to'yintiriladi. Undan keyin bir qo'shbog'li birkmalarni to'yintiriladi. 16 Bu jarayon 340-380°S, 3,5-4 MPa bosimda olib boriladi, shu vaqtda oltingugurtli va azotli birkmalardan ham tozalanadi. Benzin va dizel yoqilg'isini oltingugurtli va azotli birkmalardan tozalash - gidroochistka jarayoni alyumokobalt yoki alyumonikelmolibden katalizatorlarini ishtirokida olib boriladi. C-S bogining energiyasi 227 kDjmolga, a S-S bog'ining energiyasi «332 kDjmolga teng. Shu sababli C-S bog'i osonroq uzuladi. Bu asosiy reaksiya bilan bir qatorda to'yinmagan birikmalarni to'yinishi, qisman uglevodorod molekulalarini parchalanishi kabi reaksiyalar sodir bo'ladi. Gidroochistka 350-400°S va 3-5 MPa bosimda olib boriladi. Kerosin va dizel yoqilgisi fraksiyalarini gidroochistka qilib aromatik uglevodorodlarni to'yintirish lozim bo'lsa, bu jarayon 10-15 MPa bosimda olib boriladi. Neftni qayta ishlagandagi qoldiq mazutni bug' qozonlari uchun yoqilg'i sifatida ishlatish uchun katalizator yordamida gidroobeserivanie qilinadi. Bu qoldiq fraksiyada oltingugurtli, azotli va metallorganik birkmalar, smolalarning miqdori ko'p bo'ladi. Shuning uchun katalizatorlarni ishlash jarayoni murakkablashadi, ularning sirtiga aytilgan birikmalar o'tirib, katalizatorlarni ishlash samaradorligini pasaytiradi. Mazutda oltingugurtning miqdori 1 % massdan oshmasligi shart. Termik va katalitik kreking jarayonlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.59 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.59 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga