Gidroksi - va keto (okso) kislotalar

Gidroksi - va keto (okso) kislotalar

O'quvchilarga / Kimyo
Gidroksi - va keto (okso) kislotalar - rasmi

Material tavsifi

Gidroksi- va keto (okso) kislotalar Reja: 1.Gidroksi- va keto(okso) kislotalar turlari , nomlanishi. 2. Gidroksi-va keto(okso) kislotalarning olinishi 3. Gidroksikislotalardagi fazoviy -optik izomeriya. 4. Keto(okso) kislotalarning kimyoviy xossalari. Tarkibida -COOH karboqsil guruh bilan birga -OH gidroqsil tutgan birikmalar gidroksikislotalar ( yoki oksikislotalar) deb ataladi. Boshqacha aytganda ular spirt-kislotalardir. Gidroqsil va karboqsil guruhlarning bir-biriga nisbatan joylanishiga qarab gidroksikislotalar -,-va - oksikislotalarga bo'linadi. α-oksimoy kislota, 2-gidroksi butan kislota β-oksimoy kislota, 3-gidroksi butan kislota γ-oksimoy kislota, 4-gidroksi butan kislota Oksikislotalardan sut kislotasi, olma kislotasi, vino kislotasi juda qadimdan malum. Bu moddalar ham spirtlar, ham kislotalar kabi reaksiyaga kirishishlari bilan bir qatorda ularga fazoviy izomeriyaning bir turi-optik izomeriya xosdir. Vant-Goff va Le-Bellarning (1871) fikricha molekula tarkibida 4 xil guruh bilan birikkan uglerod (asimmetrik) atomi mavjud bo'lsa, u 2 xil optik izomerlar hosil qiladi. Sut kislotasining optik izomeriyasi Bu izomerlar ko'zgu izomerlari deb ham aytiladi Ular qutblangan nurni o'ngga(+) yoki chapga (-) bir xil burchakka buradi. Izomerlar soni molekula tarkibidagi asimmetrik atomlarining soni n bo'lganda NH2nga teng. Ular D va L qatorlarga bo'linadi O'nga buruvchi glitserin aldegidining tuzilishi quyidagicha ko'rsatilgan va u D qatorning boshlovchisi deb belgilangan. Bu yerda D harfi o'nga buruvchi manosini anglatsa ham, shu qatorga mansub optik faol birikmalar chapga buruvchi (-) bo'lishi mumkin. Chapga buruvchi glitserin aldegidi(-)ning tuzilishi esa quyidagi shaklda ko'rsatilgan va u L qatorning boshlovchisi deb belgilanagan. Bu yerda L harfi chapga buruvchi manosini anglatsa ham, shu qatorga mansub optik faol birikmalar o'nga buruvchi (+) bo'lishi mumkin. Demak, D va L ifodalar nisbiy konfiguratsiya ifodalaridir. O'nga buruvchi (+) va chapga buruvchi (-) glitserin aldegidlarining tuzilish formulalarini rus olimi M.A.Rozanov taklif qilgan . Molekulalarning kristalografiya va analitik kimyo sohalarda o'rganilishi natijasida ularning fazoda aylanma konfiguratsiyasi ham mavjudligi aniqlandi inglizchada Dextrorotatory yani o'ngga aylanadidan Laevorotatory chapga aylanadigan so'zlaridan kelib chiqib olimlar D konfiguratsiya hamda L konfiguratsiya belgisini kiritdi Yuqorida va Quyida keltirilgan formulalari keltirilgan sut kislotalarining chapga buruvchisi (-) D qatorga, o'nga buruvchisi (+) L qatorga mansubdir. Optik faol birikmalarning absolyut konfiguratsiyasi ifodalarini (R, S) fanga Kan, Ingold va Preloglar kiritgan. Bu ifodalar soat strelkasi bo'yicha (R) yoki soat strelkasiga teskari (S) manolarini anglatadi. Optik faol moddaning absolyut konfiguratsiyasining ifodasini aniqlash uchun asimmetrik uglerod atomiga birikkan atomlar yoki atomlar guruhi ularning atom massalari kamayib boruvchi tartibda joylanadi. Tetraedrga eng kichik atom massaga ega bo'lgan guruhga teskari tomondan qarab, atom massasi katta guruhdan atom massasi kichik guruhga tomon aylanma yuriladi. Bunda L(+) sut kislotasi absolyut konfiguratsiyasining ifodasi S , D(+) sut ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 571.18 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 571.18 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga