Gidroliz jarayoni. Ion almashinish reaksiyalari REJA: Elektrolitlar va noelektrolitlar. Elektrolitik dissotsiyalanish. Tuz, kislota va asoslarning dissotsiyalanishi. Gidroliz. Ion almashinish. Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Masalan: kislota, asoslar va deyarli barcha tuzlar kiradi. Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o'tkazmaydigan moddalar noeletrolitlar deyiladi. Masalan organik birikmalarning ko'pchiligi, molekulalarda faqat qutbsiz kovalent va qutubsiz bog'lanishga ega bo'lgan moddalar kiradi. Elektrolitlar 2-tur o'tkazgichlardir, 3ta qoidadan iborat. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi. Dissotsiyalanish-qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga ajralishi (dissotsiyalanishi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni (assotsiyalanish) ham sodir bo'ladi. Elektr toki ta'sirida ionlar bir yo'nalishda harakatlanadi: musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlanganlari- anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlanga ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari esa anionlar deyiladi. KISLOTALAR. .Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi yordamida kislota, asos va tuzlarga ta'rif beriladi hamda xossalari bayon qilinadi. Dissotsiyalanganda kationlar sifatida faqat H+ kationlarini hosil qiladigan elektrolitlarga kislotalar deyiladi. HCl -- H+ + Cl-; CH3COOH --H+ +CHCOO- ASOSLAR. Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil bo'ladigan elektrolitlar asoslar deyiladi. KOH--K+OH; NH4OH-- NH+ OH- TUZLAR. Dissotsilanganida metallarning kationlari va kislota qoldiqlarining anionlari hosil bo'ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi. (NH4)2 SO4 - 2NH+ SO4 ; Na3PO4-3Na+ PO4 Erigan tuz ionlarining suvning H+ va OH- ionlari bilan kimyoviy o'zaro ta'sirlashib, muhitning ph ini o'zgartirishi tuzlarning gidrolizi deyiladi. Tuzlar gidrolizlanganda suvning dissotsiyalanishidagi ion muvazanat siljiydi. Natijada ko'pchilik tuzlarning eritmalari kislotali yoki ishqoriy muhitga ega bo'ladi. Tuzlar gidrolizini quyidagi hollarda bo'ladi: Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo'lgan tuz gidrolizlanmaydi. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuz kation hisobida gidrolizlanadi. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan tuz anion hisobida boradi. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlar eng yaxshi dissotsilanuvchi hisoblanadi. Ion almashinish reaksiyalari 3 xil ko'rinishda yoziladi. 1. Molekulyar holda 2. To'liq ionli holda 3. Qisqartirilgan holda. Foydalanilgan adabiyot ro'yxati. S. Masharipov Kimyo Toshkent-2012. Referat. o'z Google. o'z ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
187.28 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
187.28 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: ppt