Gidromexanik jarayonlar va ularning turlari. Suyuqlik muhitida aralashtirish

Gidromexanik jarayonlar va ularning turlari. Suyuqlik muhitida aralashtirish

O'quvchilarga / Kimyo
Gidromexanik jarayonlar va ularning turlari. Suyuqlik muhitida aralashtirish - rasmi

Material tavsifi

Gidromexanik jarayonlar va ularning turlari. suyuqlik muhitida aralashtirish Reja 1.Gidromexanik jarayonlarning nazariy asoslari. Gidromexanik jarayonlar turlari. Gidrostatika va gidrodinamika. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi va uning mazmuni. suyuqlik muhitida aralashtirish. 5.1.Mexanik aralashtirish jarayoni. 5.2.Mexanik aralashtirish qurilmalari. 5.3.Pnevmatik aralashtirish jarayoni. 5.4.Pnevmatik aralashtirish qurilmalari. Gidromexanik jarayonlarning nazariy asoslari ularning turlari. Kimyo sanoatining barcha tarmoqlarida gidromexanik jarayonlar ko'p kullanadi. Bunday jarayonlarga suyuqliklar, gazlar va ularning aralashmalarini trubalar orqali siljitish; turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratish, suyuqlik muhitida aralashtirish, qattiq donador mahsulotlarni havo oqimi yordamida uzatish (pnevmotransport), mavxum kaynash qatlamining hosil bo'lishi va boshqalar misol bo'ladi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari asosida ifodalanadi. Sanoat qurilmalarida olib boriladigan issiqlik va modda almashinish hamda biokimyoviy jarayonlarning tezligi kupincha muhitlar harakatining gidrodinamik holatiga bog'liq bo'ladi. Gidromexanika qonunlari va ulardan amaliyotda foydalanish usullari gidravlika fanida urganiladi. Gidravlika ikki asosiy kismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o'rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o'rganadigan gidrodinamikadan iborat. suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo'lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. Shuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz xam, suyuqlik xam tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun tomchili va elastik suyuqlik tushunchalari ishlatiladi. suyuqliklarning muvozonat va harakat qonunlari differensial tenglamalar bilan ifodalanadi. Nazariy tadqiqotlar natijalarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqlik modelidan foydalaniladi. Bosim va temperatura ta'sirida o'z xajmini uzgartirmaydigan yoki sikilmaydigan, uzgarmas zichlikka ega va ichki ishqalanishi (kovushkokligi) bo'lmagan suyuqliklar ideal suyuqlik deb aytiladi. Real suyuqliklar esa bosim va temperatura ta'sirida o'z xajmini uzgartiradi. Bundan tashqari real suyuqlik qatlamlari orasida ichki ishqalanish mavjud. Lekin bazi suyuqliklarning xossalari ideal suyuqliknikiga juda yaqin bo'ladi. Bu tushuncha real suyuqliklar qonunlarini o'rganishni osonlashtiradi. Elastik suyuqliklar (gazlar) ning xajmi temperatura va bosim ta'sirida keskin uzgaradi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi muvozanat holatida turgan suyuqlikka ta'sir qiluvchi kuchlarning taksimlanishini tavsiflovchi differensial tenglamalar sistemasi, yani Eylerning suyuqlik muvozanat holati differensial tenglamalari asosida keltirib chikariladi. Bu differensial tenglamalar quyidagi ko'rinishga ega: ( 2.1 ) Ushbu tenglamalardan kurinib turibdiki, muvozanat holatida turgan suyuqlikning istalgan nuqtasidagi bosimning uklar bo'yicha o'zgarishi 0 ga teng bo'lib, bosim fakat vertikal uk bo'yicha uzgaradi. Shuni hisobga olib ifodani ifoda bilan almashtirish mumkin, yani ( 2.2 ) bundan ( 2.3 ) (2.3) tenglamaning ikkala tomonini ga bulsak kuyidagiga ega bulamiz: ( 2.4 ) Ideal suyuqliklar uchun =sonst ekanligini hisobga olsak, tenglamani quyidagi ko'rinishda yozish mumkin: ( 2.5 ) Oxirgi tenglamani integrallasak kuyidagiga ega bulamiz = const ( 2.6 ) Bu tenglama gidrostatistikaning asosiy tenglamasi deyiladi. Tenglamada z- ixtieriy gorizontal tekislikka nisbatan suyuqlik ichida olingan nuqtaning balandligi ( nivelir balandlik) yoki geometrik napor, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.4 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.4 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga