Gidroochistka jarayonining sanoatdagi qurilmalari Reja: 1. Gidrotozalash (gidroochistka) jarayoni qurilmalarining turlari; 2. Gidrotozalash qurilmasining texnologiya chizmasi va uning tavsifi; 3. Piroliz jarayoni, benzin fraksiyasini tozalash usuli. Gidroochistka jarayonining sanoatdagi qurilmalari alohida o'z holicha. va boshqa qurilmalar bilan biriktirilgan holda bo'lishi mumkin. qo'shma qurilmalarda gidroochistka dastlabki zveno, oxirgi zveno yoki oraliq zveno holida bo'lishi mumkin. Birinchi holatda misol qilib gidroochistka bloki bilan ta'minlangan katalitik riforming qurilmasini olsak bo'ladi. Bunda, riforming hom ashyosi - benzin fraksiyasi, oldin oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanib, keyin riformingga beriladi. Yana bir misol bu gidroochistka qurilmasi bilan qo'shilgan katalitik kreking qurilmasidir. Bunda hom ashyo-vakuum gazoyl, oldin tozalanib keyin kreking jarayoniga beriladi (43-107 turdagi qurilma). Tozalangan vakuum gazoylini kreking jarayoniga * berilganda sifatli mahsulotlar olinadi. Alohida turdagilariga dizel yoqilg'isi fraksiyasini tozalaydigan qurilmalar kiradi. Bu turdagi qurilmalarning yana bir xilida dizel yoqilg'isini oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalash va to'yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlash bilan birga ikki halqali aromatik uglvodorodlarni qisman to'yintiriladi. Bu xildagi qurilmalarning birinchisida dizel yoqilg'isi tarkibidagi oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi, to'yinmagan va smolasimon birikmalar vodorod bilan to'yinadi. Dizel yoqilg'isini sifati yaxshilanadi, rangi tozalanadi. Ikkinchisida esa ikki halqali aromatik uglevodorodlarning bir qismi to'yinib, naftenlarga utishi natijasida yoqilg'ining tsetan soni ko'tariladi. Bug' qozonlarida yoqilg'i sifatida ishlatiladigan mazutni ham, j gidroobesserivanie jarayoniga berilib, uning tarkibidagi oltingugurtli birikmalarni kamaytirib, so'ngra yoqilg'i sifatida ishlatish tavsiya etiladi. Katalitik riforming qurilmasida ishlaydigan gidroochistka blokida bitta reaktor bor. qolgan qurilmalar parallel ishlaydigan ikkita alohida blokdan iborat. Har bir blok bitta turbali pech va ketma-ket ishlaydigan ikkita reaktor va boshqa apparatlardan iborat. Bu bloklarda bir vaqtda ikki xil hom ashyoni tozalash mumkin. Aylanib 22 yuruvchi vodorodli gazni vodorod sulfidi gazidan monoetanolamin (MEA) yordamida tozalaydigan moslama va to'yingan monoetanolaminni | regeneratsiya qiladigan moslamalar ikkala blok uchun bitta bo'ladi. Odatda dizel yoqilg'isi fraksiyasini ikkita ketma-ket ishlaydigan reatorli blokida tozalanadi. Qurilmalarning ikkinchi turi bor. Bu qurilmalar ham ikkita blokdan iborat. Faqat har bir blokda ketma-ket ishlaydigan uchta reaktor bor. Boshqa apparturalar yuqorida qayd etilgan qurilmanikidan farq etmaydi. Nisbatan og'irroq fraksiya, masalan, vakuum gazoylni tarkibida oltingugurtli birikmalarni miqdori ko'proq bo'lgan uchun, bu xildagi hom ashyoni uchta reaktorli qurilmalarda tozlash tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan sanoat qurilmalarining hammasi bir xil u s lub da ishlaydi. Quyida biz dizel yoqilg'isini gidroochistka qilish jarayonining sanoatdagi qurilmasi bilan tanishib chiqamiz. Bu qurilmada hom ashyo ( sifatida oltingugurtli neftdan yoki gaz kondensatidan olingan dizel yoqilg'isi fraksiyasi tozalanadi. Bazan neftning og'ir fraksiyalarini ikkilamchi jarayonda qayta ishlagandan hosil bo'lgan dizel yoqilg'isi fraksiyalari bilan aralashtirib turiladi. Qurilma ikkita o'z ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.59 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.59 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc