Glikozidlar va yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, xossalari va tasnifi. O'simlik manbalari Reja: 1. Glikozidlar tasnifi. 2. Glikozidlar kimyosi 3. YUrak glikozidlari tasnifi. 4. Glikozidlar, yurak glikozidlari va tarkibida shu moddalar bo'lgan dorivor o'simliklar. 5. Abitsin olish texnolgiyasi 6. Selanid olish texnologiyasi. Turli faktorlar ta'sirida qand va qand bo'lmagan qismlarga parchalanuvchi murakkab organik birikmalar glikozidlar deb ataladi. +and bo'lmagan qism aglikon (yunoncha so'z bo'lib, qand emas degan ma'noni bildiradi), ba'zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan ataladi. har xil glikozidlarning aglikonlari kimyoviy tuzilishi bo'yicha turlicha bo'lib, organik birikmalarning turli sinflariga kiradi. SHuning uchun ularning kimyoviy tarkibi hamda analiz qilish usullari xam turlicha. Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono-(ko'pincha glyukozadan), di-, tri-va qisman undan murakkab bo'lgan oligasaxaridlardan hamda ayrim glikozidlarning o'ziga xos spetsifik qandlardan tashkil topgan bo'ladi. Aglikon radikali bilan birlashgan qand molekulasining uglerod atomini - yoki -konfiguratsiyasiga (aglikon radikali bilan almashingan gidroqsil guruhining bo'shliqda joylashganiga) hamda monosaxaridlarning 6 ta (piranoza) yoki 5 ta (furanoza) a'zoli halqa hosil qilgan tautomeriya shaklida bo'lishiga qarab, glikozidlar -yoki -, shuningdek piranozid yoki furanozid holatida bo'lishi mumkin. Tabiatda ko'pincha o'simliklar tarkibida glikozidlarning - piranozid shakli uchraydi. Aglikon qand molekulasi bilan efir tipida birlashib glikozidlar hosil qiladi. SHuning uchun glikozidlar oson parchalanadi. Ular fermentlar (enzimlar) yoki kislotalar ta'sirida, suv va harorat ta'sirida gidrozlanib, o'zining tarkibiy qismi aglikon va qand molekulalariga parchalanadi. Bu reaksiya orqaga qaytishi xam mumkin. SHuning uchun gidroliz natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar (aglikon va qand molekulalari) dan ma'lum sharoitida fermentlar ishtirokida qaytadan glikozid sintezlanadi. Lekin fermentlar qat'iy spetsifik ta'sir qilgani uchun xar bir glikozidning parchalanish yoki sintezlanishida ularni o'ziga tegishli maxsus fermentlar ishtirok etadi. Glikozid molekulasida aglikonga qand qismi oddiy va murakkab efirlar tipida kislorod atomi - 0 orqali (0-glikozidlarda) yoki tioefirlar tipida oltingugurt atomi - S orqali (S-tioglikozidlarda) birlashgan bo'ladi. Sianogen (nitro, N-glikozidlar) glikozidlarning aglikoni tarkibida sianid kislotasi bo'ladi. Bulardan tashqari, ba'zi glikozidlarda qand molekulasi aglikon qismining yadrosini uglerod- S atomiga turidan-turi o'zining uglerod - S atomi orqali birlashishi mumkin. Bunday glikozidlarni S-glikozidlar nomi bilan yuritiladi. Boshqa, ayniqsa O va S-glikozidlarga nisbatan S-glikozidlar ancha turun va faqat qattiq sharoitda, kislotalarning kuchliroq eritmalarida uzoq qizdirish natijasida ularni aglikon va qand qismlariga parchalash mumkin. Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bo'lishi mumkin. Ular odatda aglikonni bitta gidroqsil guruhiga uzun zanjir tipida ketma-ket birlashadi. SHuning uchun bunday glikozidlarning gidrolizi-parchalanishi poonali boradi va monosaxarid molekulalari aglikondan bittadan ketma-ket ajraladi. Masalan, triozidning gidrolizlanish reaksiyasini quyidagi sxema bo'yicha tasvirlash mumkin: I ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc