Gomogen jarayonlar va reaktorlar

Gomogen jarayonlar va reaktorlar

O'quvchilarga / Kimyo
Gomogen jarayonlar va reaktorlar - rasmi

Material tavsifi

Gomogen jarayonlar va reaktorlar Reja: Gomogen jarayonlarning tavsifi Gomogen jarayonlarning asosiy qonuniyatlari Gomogen reaksiyalarining mexanizimi Jarayon tezligi temperatura bosim va aralashtirishning ta'siri Gomogen jarayonlar uchun reaktorlar Gomogen jarayonlarning tezlik formulasi Gomogen jarayonlarni olib borishda barcha turdagi reaktorlar qo'llaniladi. Bular reaktorlarning aralashish rejimiga qarab siqib chiqaruvchi reaktorlar, to'liq aralashtiruvchi, to'liq aralashtiruvchi oqimli va reaktorlar kAsqadi. Yana temperatura rejimiga qarab adiabatik, politermik, va izotermik reaktorlar. Gomogen jarayonlarini olib boruvchi reaktorlar geterogen reaktorlarga qaraganda tuzilishi, ishlash prinsipi soddaroq va qulayroq bo'ladi. Barcha real apparatlar ideal siqib chiqaruvchi bilan to'liq aralashtiruvchi apparatlarning o'rtasidagi oraliq holatini egallaydi. Real reaktorlarda jarayonning harakatlantiruvchi kuchi S ideal reaktorlarga qaraganda kichik bo'ladi. Gomogen reaktorlarda aralashtirish faqatgina jarayonning boshlanishida yaxshi samara beradi. Kinetik oblastda esa aralashtirish reaksiya tezligini kamaytiradi. Ayrim xollarda agar qayta isitish paytida, isituvchi moslamadan chiqayotgan issiqlikni reaksion aralashmaga to'liq yetkazib berishda aralashtirish kinetik oblastda ham yaxshi samara beradi. Reaktor tuzilishi muhitning holatiga (gaz, suyuq), jarayon parametiriga, moddalar xossasiga bog'liqdir. Deyarli barcha reaktorlarda ozmi, ko'pmi aralashish bo'ladi. U S ni va jarayonning umumiy tezligini kamaytiradi. Shuning uchun, ideal aralashtiruvchi model formulalarida to'g'rilovchi koeffitsentlar kiritiladi va chegaraviy sharoit ko'rsatiladi. Bu koeffitsiyentlar eksperiment usuli bilan topiladi. Tezlikka ko'proq ta'sir etadigan aralashtirish bu reaktor uzunligi yoki balandligi bo'yicha aralashtirishdir. Oqim bo'yicha va perpendikulyar aralashtirish esa kam ta'sir etadi. Agar aralashtirish S ni keskin kamaytirsa va miqdoriy analiz qilish uchun ma'lumot yo'q bo'lsa, u holda apparatning hisob - kitobi to'liq aralashtiruvchi uchun qo'llaniladigan formuladan topiladi. Suyuq fazada xajm birligiga nisbatan jarayon tezligi gaz fazaga qaraganda ming marta ko'p bo'ladi. Molekulyar diffuziya koeffitsiyenti esa ming marta kichik bo'ladi. Shuning uchun suyuq fazada jarayon kamdan - kam diffuziya oblastida ketadi. Suyuq jarayonlarni intensifikatsiyalashda aralashtirish hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Aralashtirish yana bir jinsli fizik aralashmani hosil qilib, issiqlik almashinishini tezlashtirib beradi. G - G gomogen jarayonlar uchun asosan kamerali va trubali reaktorlar qo'llaniladi (1 jadval). Gazlarni aralashtirish uchun nisbatan soddaroq qurilmalar ishlatiladi: soplo, ejektor, labirintli markazga qochma kAsqadli aralashtirgich va boshqalar. Gaz fazada qo'llanadigan tipik apparatlar quyidagilar: 1. Gaz va bug'larni aralashtiruvchi ejektor aralashtirgichli kamerali reaktiv. Masalan, vodorod xloridni sintezlashda qo'llaniladigan pech (1 - rasm ); oltingugurtni yondirish uchun ishlatiladigan forsunkali pech, metanning termooksidli krekinchi uchun qo'llanadigan pech. 2. To'liq aralashtirish rejimiga yaqin va izotermik tipda ishlovchi gazlarni markazga qochma holda aralashtirib beruvchi kamerali reaktor (2 - rasm ). 3. Siqib chiqaruvchi rejimda ishlovchi ikkita gaz oralig'iga issiqlik almashgich o'rnatilgan trubali reaktor. Bunday reeaktor politermik hisoblanadi. (3 - rasm). 4. Suv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.75 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.75 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga