G'ulomnabi Hakimov (1932 - 1971)

G'ulomnabi Hakimov (1932 - 1971)

O'quvchilarga / Kimyo
G'ulomnabi Hakimov (1932 - 1971) - rasmi

Material tavsifi

Gulomnabi Hakimov (1932 -1971) G'ulomnabi Hakimov 1932 yilda O'sh shahrida tug'ilgan. 1956 yili Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini organik kimyo ixtisosligi bo'yicha tamomladi. O'qishni tamomlagandan so'ng L.S.Pushkin nomli 1-o'rta maktabda kimyo o'qituvchisi bo'lib ishlagan. 1956 yildan Andijon Davlat Pedagogika institutida kimyo texnologiyasi va organik kimyo o'qituvchisi bo'lib ishladi. 1959 yil oktyabr oyidan Toshkent Davlat universitetiga organik kimyo io'npishi bo'yicha aspirant bo'lib qabul kilindi. 1962 yil oktyabrdan Andijon Davlat Pedagogika instituta katta o'qituvchisi bo'lib ishlagan. Andijon Davlat Pedagogika institutining biologiya fakultetida 1963 yilga qadar yagona botanika kafedrasi bo'lib, kimyo fanlari ham ana shu kafedra tarkibida edi. mustaqil kimyo kafedrasini ochish uchun ilmiy darajali o'qituvchilar, ilmiy o'quv laboratoriyalari, kabinetlar, asboblar va boshqa kerakli jihozlar yo'k edi. 1962 yil oktyabr oyidan Andijon Davlat Pedagogika institutida kimyo kafedrasida ishladi va shu yili Toshkeng Davlat universiteta ilmiy kengashi qarori bilan I.P.Tsukervanik rahbarligida «Aromatik uglevodorodlari alkillash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1963 yil 3 apreldan Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan kimyo fanlari komzodi ilmiy darajasi tasdiqlandi. 1963 yilda G'.Hakimov kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgandan keyin kimyo kafedrasini tashkil etishga kirishdi. Shu yilning sentyabr oyida uning harakatlari natijasida kimyo kafedrasi tashkil etildi. Kafedra ochilganidan so'ng kimyo laboratoriyalari va kabinetlari tayyorlandi, kimyoviy reaktivlar, idishlar va boshqa asbob-uskunalar keltirildi. G'.Hakimov rahbarligida talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) tashkil etildi. Kafedraning shahar va viloyat maktablari bilan aloqasi yahshilandi. G'ulomnabi Hakimov kafedra mudiri lavozimida ishlagan davrda shahar va viloyat mikyosida o'tkazilgan kimyo fani olimpiadalarini shaxsan o'zi boshqarar, olimpiadami o'tkazish uchun talabalarni ham o'zi jalb qilar edi. G'.Hakimov Andijon Davlat Pedagogika institutida ishlash jarayonida o'zining kamtarligi, mehnatsevarligi, o'z fanining ustasi va fidoiysi bo'lib, jamoa orasida hurmat qozondi. 1973 yilda uning «Olimpiada masalalarini yechish» nomli o'quv qo'llanmasi chop etildi. Ushbu ko'llanma hozirgi kungacha ko'plab o'quvchi va talabalarning sevimli va kerakli kundalik qo'llanmasi bo'lib kelmoqda. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.44 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.44 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga