Hakim Aslanovich Aslanov (1928-1996) Professor Hakim Aslanovich Aslanov organik va biorganik kimyo sohasi bo'yicha taniqli olim bo'lib, nafaqat mamlaka-timizda, balki Hindiston, Angliya, Vengriya, Germaniya kabi mamlakatlarda o'tkazilgan xalqaro simpoziumlarda ham o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etgan. 1987 yilda AQSHda chop etilgai ko'p tomli «Alkoloidlar» nomli monografiyani yozganligi olimning xalqaro miqyosda ham etirof etilgan-ligidan dalolat beradi. H. Aslanov 1950 yilda Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlab, aspiranturaga o'qish uchun qoldirildi. 1954 yilda nomzodlik, 1968 Yilda doktorlik dissertatsiyasini organik kimyo ixtisosligi bo'yicha himoya qildi. 1970 yilda unga professor unvoni berildi. 1953 - 1956 yillarda assistent, 1956 - 1973 yillarda tabiiy birikmalar kimyosi laboratoriyasi rahbari, 1973 - 1981 yillarda Uzbekistan Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktorining o'rinbosari. 1981 yildan tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri. 1985 - 1988 yillarda Toshkent Davlat universitetining kimyo kafedrasi dekani lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. H.Aslanovning ilmiy tadqiqotlari o'rta Osiyo madaniy va yovvoyi florasining kimyoviy tarkibini o'rganishga bag'ishlangan. Tabiiy fiziologik faol birikmalarni sintetik yo'llar bilan hosil qilish usullarini ishlab chiqqan. Uning rahbarligida xinoliziddin alkoloidlarining stereoximiyasi va bioginezi atroflicha o'rganilgan. Turli xil o'simliklardan 200 dan ortiq biologik faol birikmalar ajratib olingan va ular asosida 400 dan ortiq yangi moddalar sintez qilingan. H. Aslanov rahbarligida anobazin gidloxlorid preparati sintez qilinib amaliyotga joriy qilingan va Chimkent shahridagi Ximfarm zavodida ishlab chiqilishi yo'lga qo'yilgan. Batumidagi kimyo-farmatsevtika zavodida o'smaga qarshi ishlatiladigan qo'lhamin preparatini ishlab chiqish yo'lga qo'yilgan. Lagoden nomli qon to'xtatuvchi preparati 13 ta davlatda rasmiy tan olingan. Gassipol preparatini Qo'qon yog'-moy kombinatida olish texnologiyasi amaliyotga joriy etilgan. «Megasin» nomli virusga qarshi preparati sogliqni saqlash tizimida amaliyotga joriy etilgan. H. Aslanov «Xinnalizidin» qatori alkoloidlari, o'simliklardan olingan dorivor moddalar va ularni ishlab chiqarish, xolinenergekik sistemalarini o'rganishda foydalaniladigan alkoloidlar va ularning hosilalari, «Interferon induktorlari» kabi monografiyalar va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar mual-lifidir. Uning rahbarligida 5 ta doktorlik dissertatsiyalari, 40 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. H. Aslanov shogirdlari orasida Mongoliya, Vetnam, Hindiston va Koreya davlatlaridan kelib o'kigan talabalar borligi olimning ilmiy faoliyati kengligidan dalolat beradi. Uning ilmiy izlanishlari Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: docx