Halollik va rostgo'ylik eng oliy fazilat

Halollik va rostgo'ylik eng oliy fazilat

O'quvchilarga / Kimyo
Halollik va rostgo'ylik eng oliy fazilat - rasmi

Material tavsifi

Halollik va rostgo'ylik eng oliy fazilat Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o'zi kabi do'stlari ko'p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik… Ehtimol, dunyoni go'zallikdan ham oldin halollik qutqarar… Ibrat ko'zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo'li to'g'ri, darajasi ulug'. «Halol bo'lsang, yashay olmaysan» esa og'ziga kuchi yetmagan, bo'yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Halol luqma tomog'ingizga tiqilmaydi, jig'ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo'lsin, deb bejizga aytishmaydida.«Turishingni qara, cho'pga o'xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesangchi. Og'zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?» Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing'ir ishi ko'p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung'ayibgina turgan boyagi «cho'pday» tanishim o'sha paytda ko'zimga juda chiroyli ko'rinib ketdi… Tan olish kerak, ko'pchilikda halol bo'lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo'llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o'zimizni ovutganday bo'lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo'rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo'lsa? Nazarimizda, «harom» so'ziga nisbatan munosabat o'zgardi. Odamlar go'yo uni «oddiylashtirib» yubordilar. «Ushlama, harom!», «Harom qilibsan», «Harom bo'ladi» kabi gaplar bilan bolalarga tanbeh berishadi. Ba'zi joylarda hatto o'z bolasini «Haromi» (!) deb urishadiganlar bor ekan. Yosh bola nazarida bu gaplar faqat tashqi jihatdan «notoza» bo'lgan narsalarga nisbatan aytiladi. To'g'ri, bolaga bu haqda tushuncha berib, «harom»ga yaqinlashmaslikka o'rgatib borgan yaxshi. Ammo «harom» faqat moddiy narsalarga nisbatangina ishlatilishi kerakmikan? Ma'naviy halollik-chi? «Harom»ni «oddiylashtirib» borish natijasida borgan sari undan qo'rqmaydigan kishi «tarbiyalanadi». Uning nazarida bu arzimasdek bo'lib tuyuladi. Halollik faqat bozordagi tarozi bilan o'lchanmasligi rost. Amallaringizni qalb tarozisiga solib ko'ring, qaysi palla ko'proq tosh bosar ekan? Halollik ustozlarga ham shu darajada yarashadiki… - Ta'lim-tarbiya jarayonida halollikning o'rni juda muhim, - deb gap boshladi bir o'qituvchi. - Yoshlarga bu go'zal fazilatning qadri, ahamiyatini tushuntirish uchun bor kuch va imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz. Bir rivoyat eshitgandim. Bolasining ko'p asal yeyishidan tashvishga tushgan ota uni tabibga olib boradi. Kichkintoyning bu odati haqida eshitgan hakim otaga uni davolatish uchun qirq kundan keyin kelishini tayinlaydi. Nihoyat, belgilangan kun kelib, ota yana o'g'li bilan tabibning huzuriga shoshadi. U esa kichkintoyning boshini silab: «O'g'lim, bundan keyin asal yemang», - deydi va otasiga ketishi mumkinligini, endi bola bunday qilmasligini aytadi. Hayron bo'lganini yashira olmagan ota so'raydi: «Shu gapni o'sha biz kelgan birinchi kunning o'zidayoq aytib qo'ysangiz bo'lardi-ku?». Donishmand hakim esa jilmayib: «To'g'ri. Lekin o'sha kuni o'zim ham asal yegan edim. Shuning uchun bolaga aytgan nasihatim kor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.09 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.09 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga