Hamdam Usmonovich Usmonov (1916-1990) Hamdam Usmonovich Usmonov 1916 yil 16 oktyabrda Toshkent shahrida hunarmand oilasida tug'ilgan. Ota-onalari metallga ishlov berish ishlari bilan shugullangan. 1932 yilda H. Usmonov o'rta maktabni tamomlab, O'rta Osiyo Davlat universitetiga o'qishga kirgan va u ni 1937 yilda alo baholarga bitirgan. H. Usmo-novning mehnat faoliyati kimyo fakultetida assistent lavozimida boshlangan va u bir vaqtning 5Da aspiranturada ilmiy ishlarini ham olib borgan. 1941 yilda H. Usmonov nomzodlik dissrtatsiyasini himoya kilgan. 1941 yil avgustidan 1942 yil yanvarigacha o'rta Osiyo harbiy okrugining harbiy texnika o'qishida kursant bo'lgan. 1942 - 1945 yillarda H.Usmonov Ikkinchi jahon urushida Yevropamamlakatlarini fashizmdan ozod qilishdagi janglarda qatnashgan. U Januoi-G'arbiy va 2-Ukraiia frontlarida katta leytenant sifatida xizmat qilgan. 1946 yilda H. Usmonov universitetning fizikaviy kimyo kafedrasida dotsent lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirgan. U talabalarga fizikaviy kimyo va kimyoviy termodinamika fanlaridan ma'ruzalar o'kigan va O'zbekistonda ilk bor polimerlar kimyosi sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan, bunda fizikaviy kimyo kafedrasi uchun an'anaviy bo'lgan termodinamik usullarni qo'llagan. 1948 - 1951 yillarda H.Usmonov Moskvadagi Ya. Karpov nomidagi Fizik-kimyo institutida doktorant bo'lgan. H.Usmonovning ilmiy ishlari tabiiy va gidrattsellyulozalarning strukturasii o'rganishga va tsellyulozaning biosintezi mexanizmini tadkiqot qilishga qaratilgan. H.Usmonov 1950 yilda Kimyo instituti qoshida mamlakatimizda birinchi marta tabiiy polimerlar ilmiy laboratoriyasini tashkil kilgan va shu laboratoriyaga rahbarlik qilgan. 1952 - 1956 yillarda Kimyo instituti direktori, 1956 - 1959 yillarda O'simliklar kimyosi institutida direktor, 1959 - 1962 yillarda Tabiiy polimerlar laboratoriyasi kimyosi asosida yangi tashkil etilgan Polimerlar kimyosi institutida direktorlik lavozimida ishlagan. 1962 - 1963 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasida akademik-sekretar lavozimida ishlagan. 1954 yilda H. Usmonov «Paxta va gidrattsellyuloza tolalarining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqning sabablari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yokdagan. 1955 yili professor, 1956 yili O'zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir azosi, 1966 yilda akademiyaning hakiqiy azosi etib saylaigan. Polimerlar kimyosi instituti 1963 yili Kimyo sanoati vazirligiga tarmoq institut sifatida o'tkazilgach, «Paxta tsellyulozasining kimyosi va texnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti» deb atala boshlagan. Iistitutda H.Usmonov 1982 yilgacha rahbarlik kilgan. H. Usmonov paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy-tekshirish institutida ishlab turgan vaqtlarida ilmiy ishlanmalarni sanoatga tatbiq qilishni tezlashtirish maqsadida institutning yangi binosini tajriba zavodi bilan Akademiklar shaharchasida tashkil kilgan. Bu institut 12 gektar maydonni egalagan bo'lib, 2 kavatli ma'muriy bino, 4 qavatli laboratoriya, 2 kavatli patent va standart laboratoriyalari uchun bino bo'lgan. Tajriba zavodi institut hududining 80% ini egallagan bo'lib, quyidagi binolarda tsexlar joylashgan edi: - sutkasiga 100 kg paxta tsellyulozasi ishlab chiqaradigan, 86 kishi ishlaydigan tsex; - 4 kavatli binoda quyidagi tajriba qurilmalari joylashgan: atsetiltsellyuloza, triatsetat tola, atsetat tolani rasplav ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.26 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.26 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: docx