Hamidulla Nigmatovich Oripov (1940 - 2000)

Hamidulla Nigmatovich Oripov (1940 - 2000)

O'quvchilarga / Kimyo
Hamidulla Nigmatovich Oripov (1940 - 2000) - rasmi

Material tavsifi

Hamidilla Nigmatovich Aripov (1940-200) O'simlik moddalari kimyoviy texnologiyasi va o'simliklarni kimyoviy himoya qilish texnologiyasi sohasidagi yirik olim, texnika fanlari doktori, professor, Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O'z FA ning O'simlik moddalari kimyosi instituta sobiq direktori akademik Hamidilla Aripov 1940 yil 10 oktyabrda tavallud topgan. Uning ilmiy faoliyati 1964 yidda O'zR FA ning O'simlik moddalari kimyosi institutida boshlangan. 1968 yili nomzodlik, 1979 yili esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. H. Aripovning ilmiy ishlari Vinca erecta va Peganum harmala o'simliklaridan bazi alkaloidlarni ajratib olish texnologik jarayonlarini chuqur va har tomonlama o'rgantlga bag'ishlangan bo'lib, bir qator alkaloidlarni olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan, saioatda yarim sintetik Dezoksipeganin gidroxloridini ishlab chiqarish joriy etilgan. Olim tomonidan alkaloidlarni ajratib olishning ilmiy asoslangan texnologik klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. H. Aripov 1973 yilda institut rahbariyati topshirig'iga ko'ra pestitsidlar texnologiyasi guruhiga boshchilik qildi. U o'z ish faoliyatida organik birikmalarning laboratoriyadagi sintez usuli (shisha kolbalardagi)ni sanoatga tatbik etishda bu jarayonni metall reaktorlariga o'tkazish, «Kolba - reaktor» bosqichini qisqartirish sharoitlarini ko'rsatib berdi. Aynan shu bosqich ilmiy-tekshiriig ishlarining yangi sifat darajasini belgilab, laboratoriya uslubi bayonidan to sanoat texnologik reglamentiga qadar evolyutsion o'sishini ta'minladi. H. Aripov organik moddalar, shu jumladan tabiiy moddalar kimyoviy texnologiyasi sbxdsidagi yirik, ko'zga ko'ringan mutaxassis edi. U boshchilik qilgan pestitsidlar texnologiyasi laboratoriyasida organik moddalar kimyo texnologiyasi sohasida ham nazariy, ham amaliY izlanshilar olib borilgan. Ayniqsa fan va xalq xo'jaligida katta ahamiyat kasb etgsh goqori samarali fungitsidlar: O'zgen, Olgin, KMAX, 1 (ikamizolon, Ridomil gerbitsidlar: Toluin, Etoqsilin, Kustsid va o'sishni tezlashtiruvchi vositalar: Rozatin, Tetranil, Doronin, Roslin va defoliant Butilkaptaks shular jumlasidandir. H. Aripovning O'simlik moddalari kimyosi institutining texnologik korpusini loyihalashda, Farg'ona «Azot» ishlab chiqarishidagi «O'zgen», Volgograd «Ximprom» ishlab chiqarishidagi «Butilkaptaks», Navoiy EXZ dagi «Toluin» sanoat qurilmasining qurilishidagi xizmatlari beqiyosdir. Shuningdek, dori preparatlari - Allapinin, Dezoksipeganin, me'damin, Fenasal, Albendazol va boshqalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish u kyashidan katta kuch-quvvat, bilim va g'ayratni talab qildi. Allapinin preparatini amaliyotga tatbiq etish va ishlab chiqarishda H. Aripovning hissasi juda katta. Bu preparat Farmakologiya qo'mitasidan o'tkazilgan, ishlab chiqarishga ruxsat olingan, «Tovar belgisi» olingan. Allapininning birinchi partiyasini chiqarishi yo'lga qo'yilgan. Allapinin UMKI da yaratilgan yangi antiaritmik dori vositasidir va dunyoda malum antiaritmik preparatlardan ustun turadi. Hozir preparatning substansiyasi yuzlab kilogramm miqdorida ishlab chiqariladi hamda O'zbekistonda va xorij davlatlarida (Rossiya) dori vositasi shaklida istemolga chiqarilmoqda. H. Aripov xodimlari bilan birgalikda Dezoksipeganin preparati substansiyasini sintez qilishning yangi kimyoviy konsepsiyasini ishlab chiqdi, bu esa uni olish unumini 20 barobarga oshirishga imkon berdi. H. Aripov rahbarlitida N - achkilarilaminlarni atsillash reaksiyalarini o'rganish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.18 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.18 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga