Haqiqiy zaharlanish, qaytar zaharlanish, katalizator regenerastiyasi

Haqiqiy zaharlanish, qaytar zaharlanish, katalizator regenerastiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Haqiqiy zaharlanish, qaytar zaharlanish, katalizator regenerastiyasi - rasmi

Material tavsifi

Haqiqiy zaharlanish, qaytar zaharlanish, katalizator regenerastiyasi Reja: Haqiqiy zaharlanish Qaytar zaharlanish Haqiqiy zaharlanish Amaliyotda katalizatorning o'ziga xos g'ovakli strukturasini va katalizator donalarining shaklini hisobga oladigan xarakteristikalaridan biri uning zichligidir. Keng qo'llaniladigan xarakteristikalari uyilgan zichlik, ehtimol va haqiqiy zichliklaridir. ρ Uyulgan zichlik =mVkat m - massa. Vkat - katalizator xajmi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: katalizator qavatini umumiy xajmida materialning hajmi, katalizator zararlari orasidagi g'ovakli va donachalar orasidagi bo'shliq hammasi birgalikda hisobga olinadi. ehtimol zichlikda katalizator zarrarchalari orasidagi bo'shliq hisobga olinmaydi. ρ ex = m (Vk + Vm) bu yerda Vk-katalizator zarrasidagi g'ovaklar xajmi. Vm - material xajmi. Haqiqiy zichlik- zichlashtirilgan moddaning hajm birligidagi massadir. ρxak = mVm Katalizatorning g'ovakli strukturasi. G'ovakli strukturani xarakterlash uchun umumiy g'ovak xajmini, ularni kattaligi bo'yicha tarqalishini, g'ovaklar orasidagi bog'likligini bilish kerak. G'ovaklarning o'lchamlari bo'yicha mikrog'ovaklar (radiusi 1,5 Nm dan kam bo'lgan) mikrog'ovak (ekvivalent radiusi 1,5-100 Nm) mikrog'ovaklar (100-5800 NM) va superg'ovaklar (5800 Nm dan yuqori). Ssyu = Vm Na Sm Na - Avogadro soni. Sm - adsorbat molekulasining zich monoqavatida joylashgan sathi hozirgi vaqtda katalizatorning solishtirma yuzasini adsorbstiya izotermasi tenglamasi BET (Brounar-Emmet-Teller) bo'yicha aniqlanadi. Katalizatorning aktiv komponentlari yuzasi Katalizator aktiv komponentining yuzasini aniqlash katalizatorning solishtirma yuzasini aniqlashdan ko'ra muhimrokdir. Shuning uchun, shu maqsadda xemosorbstiya, elektron-mikroskopik va rentgen usullari keng qo'llaniladi. Aktiv komponentlarning yuzasini aniqlash alohida-alohida xemosorbstiyalash xususiyatiga asoslangan. Tekshirilayotgan aktiv komponentning solishtirma yuzasi Smet quyidagi formula bilan hisob lanadi. Smet = am. WNA am - xemosorblangan komponetning miqdori, gratom,gr molekula. W - Har bir yuzadagi atomga to'g'ri keladigan yuza. NA - Avagadro soni. Katalizatorning mexanik qattiqligi. Mavhum qaynash qatlamida va harakatdagi jarayonlarda ishlatiladigan katalizatorlar uchun mexanik sinovlar bir-biridan keskin farqlanadi. Stastionar sharoitda ishlaydigan katalizatorlar uchun asosiy ko'rsatkich bu katalizatorni ezib maydalashga mustahkamligidir. Mavhum qaynash qatlamida ishlaydigan katalizatorlar uchun katalizatorni ezib maydalash katta rol uynaydi, balki uning emirilishiga mustahkamligidir. Harakatda bo'ladigan katalizator uchun yuqorida ko'rsatilgan sabablarning ikkalasi ham muhimdir. Ezib maydalash mustahkamligini tekshiradigan bir qancha usullar bor. Bu usullarni tanlab olish katalizator donalarining shakliga, olingan natijalarini takrorlash mumkinligiga bog'lik. Asosiysi, ko'p kuch sarflanmasdan katalizator donalarini maydalashdir. Shar holidagi va noto'g'ri shakldaga katalizator donachalari ikki mustahkam sterjen orasida parchalanadi, stilindr holidagi tabletkalar, ukiga perpendikulyar ya'ni yonbosh tomonidan kuch ta'sir etiladi.Chervyak va vermishel holidagi tabletkalar egiluvchanligi ham sinab ko'riladi. Katalizator tabletkasining mustahkamligini sinashda eng sodda usul katalizatorni ezib yuborishga sarflangan kuchlanish o'lchanadi. Buning uchun tabletka olinib shu tabletkalarni o'ratacha chidamligi olinadi. Katalizator tabletkalarining mustahkamlik xususiyatlarini universal pribor MP-2S da o'lchanadi. Katalizatorning mexanik qattiqligini emirilishga sinash har xil tegirmonlarda: sharli, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.08 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.08 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga