Hojimurod Yo'ldoshovich Yo'ldoshev (1933 - 1993)

Hojimurod Yo'ldoshovich Yo'ldoshev (1933 - 1993)

O'quvchilarga / Kimyo
Hojimurod Yo'ldoshovich Yo'ldoshev (1933 - 1993) - rasmi

Material tavsifi

Hojimurod Yo'ldoshovich Yo'ldoshev (1933 -1993) Hojimurod Io'ldoshovich Yo'ldoshev 1933 yil 4 sentyabrda Toshkent shahrida temirchi oilasida tug'ilgan. 1942 yili 24-sonli maktabga o'qishga borganva 1952 yili oltin me'dal bilan bitirgan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kirgan va 1957 yili o'qishni bitirib, aspiranturaga qabul qilingan. U organik kimyo ixtisosligi bo'yicha 1962 yilda nomzodlik, 1983 yilda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. H. Yo'ldoshev o'z faoliyati davomida assistentlikdan professorlik lavozimigacha bo'lgan mashaqqatli va sharafli yo'lni bosib o'tgan. H.Yo'ldoshev tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 15 ta mualliflik guvohnomasi, qator ilmiy - metodik qo'llanmalar chop etilgan. Uning ilmiy ishlarining natijalari Rossiyadagi Shostka shahridagi maxfiy zavodda ishlab chiqarishga tatbiq qilingan. H. Yo'ldoshev olib borgan ilmiy ishlari bo'yicha O'zbekiston va chet el anjumanlarida (Sankt - Peterburg, Irkutsk, Krasnodar, Donetsk, Riga, Tbilisi) ma'ruzalar qilgan. H.Yo'ldoshev o'quv va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashda ham faol ishtirok etgan. U kimyo, biologiya -tuproqshunoslik fakultetlari talabalariga «Organik kimyo» umumiy kursidan, «Pestitsidlar kimyosi» maxsus kursidan ma'ruzalar o'qigan. Uning rahbarligida 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. H. Yo'ldoshev 1985 - 1993 yillarda organik kimyo easining professori va mudiri sifatida faoliyat ko'rsatgan. H.Yo'ldoshev tomonidan (1964 yil) V.A.Pavlov, A.V.Teren-tevlarning «Organik kimyo kursi» kitobi (43 b.t.) tarjima qilingan va «O'qituvchi» nashriyotida ikki marta o'n ming nusxadan nashr etilgan. Shuningdek, «Organik kimyo usullari» (professor Q.N. Ahmedov bilan hammualliflikda) va «Organik birikmalar nomenklaturasi» o'ko'v metodik qo'llaimalari ham chop qilingan. H. Yo'ldoshev organik kimyo kafedrasi mudiri, ilmiy ishlar bo'yicha kimyo fakulteti dekani muovini, xalq nazorati guruhi raisi, fakultet ilmiy - texnika komissiyasi raisi, fakultet ilmiy kengashi va maxsus kengashi azosi, Respublika oliy ta'lim vazirligi qoshidagi ilmiy-metodik birlashma azosi kabi jamoat ishlarida faoliyat ko'rsatgan. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.52 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.52 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga