hujayraning nafas olishishi Barcha tirik organizmlarning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan energiya ularning tanalarida murakkab birikmalar ximiyaviy boglarining uzilishi natijasida hosil bo'ladi. Energiya ajratish bilan boradigan bu reaksiya biologik sistemalarning yuksak shakllarida, asosan, to'qima va hujayralarda kechadigan OKSIDLANISH hodisalaridan iborat. Murakkab birikmalarning organizmda kislorod biriktirib parchalanishi natijasida hosil buladigan oxirgi mahsulotlar tashqi muhitda yonish jarayonida kelib chikadigan H2O va CO2 ning o'zi ekanligi aniqlangan. Lavuaze davridan boshlab, bu jarayon asta sekin yonish deb tushunib kelingan. Kupgina mikroorganizmlar energiyani molekulyar kislorod ishtirokisiz utadigan ximiyaviy reaksiyalar orqali olishi mumkin, hayvon organizmi hujayralari xam kislorod yetishmaganda murakkab birikmalarning anaerob parchalanishi jarayonidan energiya manbai sifatida foydalanadi. Lekin bir hujayrali aerob organizmlarda va ko'p hujayrali turlarda ximiyaviy energiyaning asosiy kismi ozik moddalarning molekulyar kislorod bilan oksidlanishi natijasida kelib chikadi. Bu jarayonlar to'qima va hujayralarda kechganidan organizmlardagi biologik oksidlanish hodisasi to'qimaNING NAFAS OLISHI va hujayraNING NAFAS OLISHI deb ataladi. XIX asrning oxirlarida biologik oksidlanish oksidaza nomli hujayra ichi fermentlari ishtirokida bajarilishi aniklandi. Ammo bu jarayonning mexanizmi ko'p vaqtgacha aniklanmadi. Juda ko'p eksperimentlar molekulyar kislorodning o'zi metabolitlarni oksidlay olmasligini kursatdi. Molekulyar kislorodni faollash orqali hujayra ichidagi fermentlar oksidlanish reaksiyasini amalga oshiradi, bu jarayonda metalli komponentlar muhim rol uynaydi, degan fikr tugiladi va unga dalil sifatida bir kator tajribalar misol qilib keltiriladi. Kislorodning faollanishi g'oyasining rivojlanishida rus olimi A.N.Baxning peroksid nazariyasi katta urin tutadi.Bu nazariya bo'yicha kislorodning faollanish OKSIGYeNAZA nomli moddalarning molekulyar kislorodni biriktirib, peroksid hosil qilishiga bog'liq. Mana shu peroksidlar tarkibida kislorod substratni PYeROKSIDAZA nomli ferment ta'sirida oksidlaydi: O OKSIGeNAZA + O2 == OKSIGeNAZA | | O ( peroksid) O OKSIGeNAZA | + SUBSTRAT == OKSIDLANGAN SUBSTRAT + OKSIGeNAZA | | O PeROKSIDAZA Ammo bu mexanizm bir kator moddalarning o'simliklarda oksidlanishini etarli darajada tushuntira olsa xam, umuman. hujayraning nafas olishidagi asosiy metabolitlarning oksidlanishiga aloqasi yuk ekanligi aniklandi.hujayraning nafas olishida kislorodning faollanish nazariyasi bilan bir katorda, biologik oksidlanish substratdan vodorodning chetlatilishi bilan bog'liq ekanligini tasdiklaydigan eksperimentlar xam tuplana bordi.Bu g'oya mashxur rus olimi, fiziolog va bioximik V.I.Palladin tomonidan 1908 yilda oldinga surilgan edi. Sungra degidrogenlanish vodorodning faollanishi ma'nosida Tunberg va Viland ishlarida yanada rivojlantirildi. V.I.Palladinning fikricha,nafas olish jarayonida kislorodning roli o'simliklarda keng tarkalgan rangsiz, ammo kislorod ta'sirida osonlik bilan oksidlanib, pigmentga aylanadigan nafas xromogenlari nomli moddalarni oksidlashdan iborat. Oksidlanish natijasida hosil bo'lgan rangli modda turli substratdan ajraladigan vodorodni kabul qilib rangsiz xromogenga qaytariladi.Bu jarayon takrorlanib turishi tufayli substrat vodorod ajratish bilan oksidlanadi. Shunday qilib, organizmda oksidlanadigan moddalar - oqsillar, uglevodlar, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.51 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.51 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc