Husnitdin Muhitovich Shohidoyatov

Husnitdin Muhitovich Shohidoyatov

O'quvchilarga / Kimyo
Husnitdin Muhitovich Shohidoyatov - rasmi

Material tavsifi

Husnutdin Muhitovich Shohidoyatov Kime fanlari doktori, professor Xusnutdin Muhitovich Shoxidoyatov 1941 yilning 15 martida Toshkent shahrida tug'ilgan. Toshkent Farmatsevtika insti-tutini tug'allab, 1963 - 1965 yillarda Paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy-tekshirish instituti stajyor-tadkiqotchisi, keyinchalik ittifoq FA N.D. Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti aspiranta (1965 - 1968 yy.) bo'lgan. H. Shoxidoyatov 1968 yili taiiqli organik kimyogar, ensiklopedist olima, professor L.Yanovskaya rahbarlitida «a,r -To'yinmagan aldegidlarning aminlar ishtirokida tsiangidrinlar bilan reaksiyalarini o'rganish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning tomonidan to'yinmagan aldegidlarning tsiangidrinlar ta'sirida yangi prototrop izomerlanishi natijasida to'yingan kislotalarning murakkab efirlari, tsianiminlar va tsianenaminlar hosil bo'lishi aniqlangan. U olingan birikmalarning mass - spektrometriya usulida elektron zarba ta'sirida parchalanishlarini o'rganib, R -aril(geteril)propion kislotalari efirlarida (alkil, tsiangidrin va boshqa efirlarda) murakkab efir fragmentidagi kislorod atomining aromatik halqaga qayta guruhlanishini qayd etgan. Keyinchalik ushbu yo'nalishda bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Bu qayta guruhlaiish jahon adabiyotida to'yingan va to'yinmagan kisdotalardagi yangi kislorodli qayta guruhlanish sifatida tilga olinadi. Nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya kilgandan so'ng H.Shohidoyatov o'zining tabiiy geterosiklik birikmalar qatoridagi izlanishlarini pirrolizidin va xpnazolin qatori alkaloidlarining sintezi va kimyoviy transformatsiyalarini o'rganishdan boshlagan. Olingan natijalarning bir qismi uning doktorlik dissertatsiyasiga jamlanib, 1983 yilda Moskvadagi M.V. Lomonosov nomidagi Nozik kimyoviy texnologiya institutida himoya qilingan. H. Shohidoyatov kichik ilmiy xodim lavozimidan O'zFA SYu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti direktori lavozimigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. 2004 yildan hozirgi kunga qadar O'MKI organik sintez bo'limi mudiri lavozimida faoliyat olib bormokda. Unga 1990 yili organik kimyodan professor unvoni berilgan. H.Shoxidoyatov nazariy va amaliy organik kimyo, tabiiy va biologik faol birikmalar kimyosi sohalarida taniqli mutaxassisdir. Uning rahbarligida xinazolin alkaloidlari, ularning sintetik analoglarini modifikatsiya qilish bo'yicha, shuningdek, poliprenollar, laktonlar, xinolizidin alkaloid-larini ajratish va transformatsiyani o'rganish, besh va olti azoli N,0, N,S- va N,Se- geterosiklik birikmalar kimyosi sohalarida keng miqyosli ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Trisiklik xinazolinlar, tieno 2,3 - sTspirimidinlar, ularning almashingan hosilalari qatorida aldegidlar, formamidlar, kislota xlorangidridlari va boshqalar bilan o'zaro ta'siridan foydalanib S - S bogini hosil qilish usullari ishlab chiqilgan. Xinazolinlarning trisiklik hosilalari qatorida elektrofil reagentlar bilan reaksiyalarini o'rganish (Sheffild universiteta bilan hamkorlikda) xiral katalizatorlar ishlatib optik faol markaz hosil qilish mumkinligi birinchi marta ko'rsatib berilgan. boshqa usullarda olib bo'lmaydigan ayrim optik toza enantiomerlarni olishga erishilgan. Uchinchi halqasida metilen guruhi saqlagan trisiklik xinazolinlarning deproton-lanishi, so'ngra elektrofil reagentlar bilan o'zaro ta'siri a -S atomida borishi ko'rsatib berilgan. Birinchi marta 2 ta xiral markaz (halqadagi va yon zanjirdagi S atomlari) saqlagan almashingan 2,3 - trimetilen - 3,4 - digidroxinazolinlar sintezi amalga oshirilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.07 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.07 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga