II-guruh yonaki guruhcha elementlarining davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Xossalari

II-guruh yonaki guruhcha elementlarining davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
II-guruh yonaki guruhcha elementlarining davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Xossalari - rasmi

Material tavsifi

II guruh yonaki guruhcha elementlarining davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Xossalari Kimyo fani darsligi asosida 27-mavzu Reja: Fizikaviy xossalari Kimyoviy xossalari Oksidlari. Simob Ishlatilishi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalining II guruh yonaki guruhchasiga uchta kimyoviy element: rux, kadmiy, simoblar kiradi. II guruh yonaki guruhchasi, ya'ni rux guruhchasi elementlari barchasining tashqi energetik qavatida 2 tadan s-elektronlar bo'ladi. Ular qaytaruvchilardir. Rux guruhchasi elementlari, asosan, ikki valentli bo'lib, simobning bir valentli birikmalari ham ma'lum. Ularning tartib raqami ortib borishi bilan metallik xossasi kuchayib boradi. Rux rudalari O'zbekistonda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarining Uchquloch va Xondiza konlaridan qazib olinadi. Olmaliq ruda maydonida mis, rux rudalari bilan birga kadmiy rudalari ham uchraydi. Olinishi. Sanoatda rux metallini olish uchun uning tabiiy birikmalari - rux aldamasi kuydiriladi. Natijada, rux oksidi olinadi: 2ZnS + 3O2 → 2ZnO + 2SO2↑ Fizikaviy xossalari. Rux och havo rangli kumushsimon qattiq metall. Rux metallining sirti havoda oksidlanib, yupqa oksid pardasini hosil qilgani uchun ancha barqarordir. Kimyoviy xossalari. Simob. Simob odatdagi sharoitda suyuq holda uchraydigan metalldir. U kumushsimon yaltiroq bo'lib, elektr va issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Simobli termometr va barometrlarni ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Ammo simob qaynash haroratiga yaqin haroratda (357,25°C) kislorod bilan reaksiyaga kirishadi: 2Hg + O2 = 2HgO Simobning suvda eruvchan tuzlariga ishqor ta'sir ettirib ham olish mumkin. Ishlatilishi. Rux metalli korroziyaga chidamli bo'lganligi uchun temir buyumlar sirtini qoplash uchun ishlatiladi. Turli o'lchamdagi tunukalar tayyorlashda rux muhim ahamiyatga ega. Rux kuporosi (ZnSO4 . 7H2O) ning ammofos ((NH4)2HPO4) bilan aralashmasi ruxli mikroo'g'it sifatida qishloq xo'jaligida ishlatiladi. ZnCl2 metallarni payvandlashda ishlatiladi. ZnS ni BaSO4 bilan aralashmasi oq rangli bo'yoqlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Simob va uning birikmalaridan turli xildagi dorilar tayyorlanadi. Simob o'zida turli metallarni eritadi. Metallarning simobdagi eritmasi amalgamalar deb ataladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga