Ikki atomli spirtlarning olinishi, nomlanishi, izomeriyasi fizik - kimyoviy xossalari Reja: Ikki atomli spirtlarning olinishi Ikki atomli spirtlarning fizik - kimyoviy xossalar Ikki atomli spirtlarning amaliy ahamiyati Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Uglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomlarini gidroksil gruppalarga almashinishidan hosil bo'lgan birikmalar spirtlar yoki boshqacha aytganda, alkogollar deyiladi. Spirtlar molekulasidagi gidroksil gruppalarining soniga qarab bir atomli, ikki atomli, uch atomli va ko'p atomli bo'lishi mumkin. Molekulasi tarkibida bitta gidroksil gruppa bo'ladigan spirtlar-bir atomli, ikkita gidroksil gruppa bo'ladigan spirtlar ikki atomli deyiladi va hokazo. Odatda, molekulasida ikki va undan ortiq gidroksil gruppalar bo'ladigan spirtlar ko'p atomli spirtlar deb yuritiladi. Тo'yingan uglevodorodlarning umumiy formulasi (CnH2n+2) ni boshqacha yozish ham mumkin, ya'ni: CnH2n+1H Bu formuladagi bir vodorod atomi gidroksil gruppaga almashtirilganda bir atomli spirtlarning umumiy formulasi hosil bo'ladi. CnH2n+1 -OH Bu formuladan ko'rinib turibdiki, spirtlarning umumiy formulasi to'yingan uglevodorodlarning umumiy formulasidan faqat kislorod atomi bilangina farqlanadi. Demak, spirtlarni oksidlangan to'yingan uglevodorodlar deb qarash mumkin. Bir atomli spirtlar to'yingan uglevodorodlar kabi gomologik qatorni tashkil qiladi. Spirtlarning gomologik qatoridagi a'zolari o'zaro metilen gruppa bilan farqlanadi. Bir atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil gruppa qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab, ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga farqlanadi. Radikallar (R) bir xil hamda har xil bo'lishi mumkin. Spirtlar molekulasidagi uglerod atomining soniga qarab quyi hamda yuqori molekular spirtlarga bo'linadi. Spirtlarni bunday gruppalarga bo'lish shartli bo'lib, ko'pincha, molekulasida yettitagacha uglerod atomi bo'ladigan spirtlar quyi molekular spirtlar, sakkizta va undan ko'p uglerod atomlari bo'ladigan spirtlar yuqori molekular spirtlar deyiladi. Molekulasida 4-7 uglerod atomi bo'ladigan spirtlar o'rtacha molekular spirtlar deb ataladi. Spirtlarni atashda molekular so'zini qo'shmasdan quyi, o'rtacha va yuqori spirtlar deb yuritiladi. Nomenklatura va izomeriyasi. Ratsional nomenklaturaga muvofiq spirtlar gidroksil gruppasiga birikkan radikalning nomi bilan ataladi. Masalan: va hokazo. Bu usul bilan spirtlarning izomerlarini nomlab bo'lmaydi. Ma'lumki, spirtlar ham gomologik qatorning uchinchi vakilidan boshlab izomerlar hosil qiladi. Ratsional nomenklaturaga muvofiq, spirtlarning izomerlarini atashda gidroksil gruppa qaysi uglerod atomiga birikkanligi hisobga olinadi, masalan: Xalqaro nomenklaturaga muvofiq spirtlarni nomlashda gidroksil gruppa bilan birikkan radikallar kelib chiqqan uglevodorod nomiga -ol qo'shimchasini qo'shib ataladi. Spirtlarning izomerlarini nomlashda esa uzun zanjir raqamlanadi va gidroksil gruppa hamda zanjirning tarmoqlangan uglerodiga tegishli raqamlar qo'yib aytiladi: Xalqaro nomenklaturaga asosan gidroksil gruppa joylashgan o'rni ba'zan asosiy zanjirning boshida ham ko'rsatiladi. Gidroksilning o'rnini -ol qo'shimchasidan ilgari ham ifodalash mumkin. Masalan, yuqoridagi spirtlar quyidagicha ataladi: D.2-metil-1-propanol yoki 2-metilpropan-1-ol E.2-metil-2-propanol yoki 2-metilpropan-2-ol Butan CH3 -CH2 -CH2 -CH3 va izobutan (2-metilpropan) formulalaridan to'rtta bir atomli spirtning formulasini chiqarish mumkin. Pentan va uning izomerlari formulalaridan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
291.83 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
291.83 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: docx