Ikki suyuqlik chegarasida bo'ladigan adsobrsiya

Ikki suyuqlik chegarasida bo'ladigan adsobrsiya

O'quvchilarga / Kimyo
Ikki suyuqlik chegarasida bo'ladigan adsobrsiya - rasmi

Material tavsifi

Ikki suyuqlik chegarasida bo'ladigan adsorbtsiya Reja: Ximiyaviy adsorbtsiya Kuchli elektrolitlar adsorbtsiyasi Ionlar almashinuv adsorbtsiyasi Past bosimlarda bug'larning adsorblanishiga g'ovak o'lchamlarining ta'siri Agar benzoy kislota erigan suvga benzol aralashtirsak, benzoy kislota molekulalarining adsorbtsion qavati hosil bo'ladi. Bu vaqtda benzoy kislotaning qutblangan SOON gruppasi suvga tomon, qutbsiz fenil radikali esa benzolga tomon qaragan bo'ladi. Natijada ikki suyuqlik chegarasida benzoy kislota molekulalarining barqaror qavati hosil bo'ladi. Agar suv va benzol aralashmasiga qutbsiz radikalli va hamda SOON, ON, NN2 va hokazo kabi qutbli gruppalari bo'lgan organik moddalar qo'shilsa, bu modda molekulalarining qutbli gruppalari suvga, uglevodorod radikallari esa benzolga qarab joylashadi. Adsorbillangan molekulalardan iborat qavatning hosil bo'lish hodisasi emulsiyalar olishda katta ahamiyatga ega. emulsiya bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikda tarqalgan va u bilan aralashmaydigan tomchilaridan iborat. agar suvga benzol qo'shib chayqatilsa, darhol benzolning suvdagi emulsiyasi hosil bo'ladi. Bu emulsiya suvga tarqalgan benzol tomchilaridan iborat. benzolning suvdagi emulsiyasi barqaror emas, chunki benzol tomchilari bir biriga qo'shilib, yirik tomchilar hosil o'iladi va birmuncha vaqt o'tgandan keyin suv sirtiga ko'tarilib, benzol qavatini hosil qiladi. Lekin bir-biri bilan aralashmaydigan bunday ikki suyuqlikka ozgina sirt-aktiv modda (masalan, sovun) qo'shib chayqatilsa, har qaysi tomchi sirt aktiv moddaning mustahkam adsorbtsion qavati hosil bo'ladi va bu qavat tomchilarning bir-biri bilan birlashishiga yo'l qoymaydi, chunki har bir tomchi sirtidagi adsorbtsion qavatda sirtaktiv modda molekulasining qutbli qismi qutbli suyuqlikka tomon, qutbsiz qismi esa qutbsiz suyuqlik tomon qaragan bo'ladi. Emulsiyalarni barqaror qila oladigan sirt-aktiv modda emulgator deb ataladi. Ular qatoriga organik kislotalar, sovun, aminlar va boshqa birikmalar kiradi. 7.1. XIMIYavIY ADSORBTsIYa Ximiyaviy kuchlar hisobiga amalga oshadigan adsorbtsiya xemosorbtsiya deb ataladi. Lekin fizik adsorbtsiya bilan ximiyaviy adsorbtsiya orasiga keskin chegara qoyish qiyin. Bir adsorbent bilan bir adsorbtiv orasida ma'lum sharoitda fizik adsorbtsiya sodir ibo'lsa, boshqa bir sharoitda xuddi o'sha ikki modda orasida ximiyaviy adsorbtsiya kuzatilishi mumkin. Ko'pincha, avval fizik adsorbtsiya sodir bo'lib, keyin ximiyaviy adsorbtsiya yuzaga chiqadi. Fizik adsorbtsiya bilan ximiyaviy adsorbtsiya orasidagi farqlar quyidagilardan iborat: 1) fizik adsorbtsiya - batamom qaytar, ximiyaviy adsorbtsiya esa qaytmas jarayondir; 2) fizik adsorbtsiyaning issiqlik effekti 9-33 kJmol atrofida bo'ladi, bu qiymat moddaning kondensatlanish issiqligiga yaqin keladi, ximiyaviy adsorbtsiyaning issiqlik effekti 500 kJmolga yetishi mumkin; bu qiymat ximiyaviy reaksiyalarning issiqlik effektlariga yaqin keladi; 3) fizik adsorbtsiyada o'ziga xoslik, ya'ni tanlab ta'sir etishlik kam ifodalangan; ximiyaviy adsorbtsiyada bu xususiyat o'zining ochiq ifodasini topgan; 4) temperaturaning o'zgarishi fizik va ximiyaviy adsorbtsiyaga turlicha ta'sir ko'rsatadi; temperatura oshganda fizik adsorbtsiya susayadi, ximiyaviy adsorbtsiya esa kuchayadi; buning sababi shundaki, xemosorbtsiya o'ziga xos aktivlanish energiyasini talab qiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.52 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.52 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga