Ikkinchi guruh kationlarini analizining nazariy asoslari

Ikkinchi guruh kationlarini analizining nazariy asoslari

O'quvchilarga / Kimyo
Ikkinchi guruh kationlarini analizining nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ikkinchi guruh kationlarini analizining nazariy asoslari Reja: Eruvchanlik kupaytmasi. CHo'kma hosil bo'lishi. CHo'kmaning erishi bilan EK orasidagi bog'lanish. CHo'kma hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar. Kationlarning ikkinchi analitik guruhiga xarakteristika . Gruppa reagenti va uning ikkinchi guruhi kationlariga ta'siri. 1. Eruvchanlik ko'paytmasi Sifat analizida anchagina murakkab geterogen sistemalar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Moddaning tuyingan eritmasi va uning shu eritmasi va uning shu eritma tagidagi cho'kmadan iborat sistema o'zaro aralashmaydigan ikki suyuklik kabi geterogen sistemalar jumlasiga kiradi. Geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlari bilan ajraladigan ayrim qismlari faza deb ataladi. Masalan. Cho'kma bilan tuyingan eritmadan iborat sistema ikki fazali sistemadir. Eruvchanlik- moddaning suvda yoki boshka erituvchida erish xususiyatidir. Barcha moddalar suvda eruvchanligiga ko'ra uch guruhga 1)yaxshi eriydigan 2). Oz eriydigan va 3) amalda erimaydigan. Deyarli erimaydigan moddalar kupincha , erimaydigan moddalar deb yuritiladi. Ammo shuni qayd qilib o'tish kerakki, mo'tlako erimaydigan modda yuk. Oz eriydigan va deyarli erimaydigan moddalar, kupincha bitta umumiy nom bilan oz eriydigan moddalar deb yuritiladi. Bu holda fakat eruvchan va oz eriydigan moddalar haqida so'z boradi. Eruvchanlik miqdoriy jixatdan moddaning 100 gr erituvchida ayni temperaturada eng kup eritish mumkin bo'lgan grammlar soni bilan aniklanadi. Bu miqdor eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb yuritiladi. Temperatura pasayganda eritmadan moddaning ajralib chikishi kristallanish deb ataladi. Bunda modda sof holatda olinadi. Agar eritmad boshka moddalar aralashmasi bo'lsa, ular tempratura pasayganda ham eritmani tuyintirmaydi va aralashmalar cho'kmaga tushmaydi. Moddalarni tozalashning qayta kristallash usuli shunga asoslangan. CHo'ktirish reaktsiyalari analitik ishlarda keng qo'llaniladi. Shuning uchun ham ularni urganish analitik kimyo uchun nixoyatda muxim ahamiyatga ega. 2. Cho'kma hosil bo'lishi. Biron kiyin eruvchan to'z, masalan CaSO4 cho'kmasi (birinchi faza) yuzasiga tegib turadigan shu to'zning tuyingan eritmasi (ikkinchi faza) bor deb faraz qilaylik. Ikkala faza orasida muvozanat holat qaror topadi, chunki bu yerda ikki qarama-qarshi jarayon sodir bo'ladi. a) Cho'kmaning erishi : CaSO4 kristall panjarali tarkibidagi Ca2+ hamda SO2-4 ionlarining suvning ko'tblangan molekulalari ta'sirida asta-syokin kattik modda sirtidan eritmaga o'tadi, uning tezligi v1 bo'lsin. b) Cho'kmaning hosil bo'lishi ; eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlarining o'zaro yoki cho'kmadagi kristallar sirti bilan tuknashishi natijasida CaSO4 tuzi holida cho'kmaga tusha boradi, uning tezligi v2 bo'lsin. SHunday qilib, CaSO4 tuzinig cho'kmasi bilan eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlari orasidagi dinamiq muvozanat qaror topadi : CaSO4 ↔ Ca2+ + SO2-4 CHo'kma tuyingan eritma Dinamiq muvozanat qaror topgan vaqtdan boshlab eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlarining yoki cho'kmadagi CaSO4 molekulalarining soni o'zgarmas qiymatga teng bo'lib qoladi. (boshqacha aytganda, necha molekula CaSO4 eritmaga o'tsa, tuyingan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.14 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.14 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga