Ikkinchi guruhning d-elementlari. Elementlarning umumiy tavsifi. Gurugda atom radiuslarining va ionlanish potensialarining o'zgarishi. Rux va uning birikmalari

Ikkinchi guruhning d-elementlari. Elementlarning umumiy tavsifi. Gurugda atom radiuslarining va ionlanish potensialarining o'zgarishi. Rux va uning birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Ikkinchi guruhning d-elementlari. Elementlarning umumiy tavsifi. Gurugda atom radiuslarining va ionlanish potensialarining o'zgarishi. Rux va uning birikmalari - rasmi

Material tavsifi

REJA Rux va uning birikmalari Tabiatda tarqalishi Minerallari Olinishi Ruxning eng muhim birikmalari Ishlatilishi. Ikkinchi guruhning d-elementlari. elementlarning umumiy tavsifi. gurugda atom radiuslarining va ionlanish potensialarining o'zgarishi. rux va uning birikmalari Rux va uning birikmalari Rux (lot. Zincum) - Zn Mendeleyev davriy sistemasi II B guruxiga mansub element. Tartib raqami (yadro zaryadi) 30, nisbiy atom massasi 65,38. Atom tuzilishi: 30 Zn - 1s22s22p63s23p64s23d10. Valent elektronlari …ns2 uning atomida 4p pog'onacha bо'sh, shu sababli ruxni osonlik bilan uyg'ongan holatga о'tkazish mumkin: 30Zn04s +h, E 30Zn* 4s 4p Shu holatda rux 2 ta toq elektronlarini yо'qotib +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Rux guruhi elementlari d metallari orasida eng oson suyuqlanuvchan metallarga kiradi. Bular kо'pchilik hollarda xossalari bо'yicha mis guruhi elementlariga о'xshaydi. Rux guruhida ham yuqoridan pastga qarab kimyoviy aktivliklari pasayadi. Tabiatda tarqalishi Rux tabiatda faqat bog'langan holda uchraydi va qator minerallarni hosil qiladi. Minerallari ZnS - aldama rux, sfalerit (vyurtsit). ZnCO3 - smitsonit (Rux shpati yoki galmey). ZnO - sinkit. Zn4Si2O7(OH)2∙H2O - gemiforfit (oddiy galmey). Rux Yevropada о'rta asr oxirlaridan ma'lum bо'lgan bо'lsa, Sharqda undan ham oldin ma'lum bо'lgan. Eramizning II asrida greklar rux va mis qotishmasi - latun quyishni bilganlar. 1746 - yilda nemis kimyogari A. Marggraf rux olishning distillyatsion usulini yaratgan. Rux oksidi ZnO ni kо'mir bilan aralashtirib havo ishtirokisiz qizdirilgan. Qaytarilgan rux sublimatsiyalanib haydaladi. Uning bug'lari reaksiya borayotgan idishning sovitilgan qismida kondensirlanadi Olinishi Hozirgi zamon rux olinishi hо'l va quruq usullarga bо'linadi. Hо'l usulda rux olish elektrolitik usulda bо'ladi. Kuydirilgan sfalerit yoki smitsonit sulfat kislota bilan qayta ishlanib rux sulfatga о'tkaziladi. Olingan eritmadan mis, kadmiy va boshqa metallar rux kukuni bilan chо'ktiriladi, keyin eritmadan rux elektroliz qilinib alyuminiy katodida ajratiladi. 2. Sulfidli - rux ma'dani kuydiriladi yoki karbonatli jinsi termik parchalanadi: 2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2↑ ZnCO3 = ZnO + CO2↑ Olingan ZnO mufel pechlarida kо'mir bilan havosiz qizdiriladi: ZnO + C = Zn + CO↑ Ajralgan rux haydaladi va yig'gichda havo bilan sovutiladi. Bu quruq usul (kimyoviy) deyiladi va hozirgi paytda keng tarqalmoqda. Toza rux - kо'kimtir rangli yaltiroq kumushsimon metall. Payvandlashga va quymaga, bolg'alanishga, prokatlanishga oson beriladi. Ruxning kimyoviy aktivligi yuqori, u havoda hamma vaqt zich va yupqa parda bilan qoplanadi. Pardaning tarkibi odatda ZnO emas, balki ZnCO3∙Zn(OH)2 (oq zang) dir, u qolgan metalni oksidlanishdan oson himoyalaydi. Kо'pincha uylarning tomini yopish uchun ishlatiladigan ruxlangan tunuka sirtida ham havoda xuddi shunday tarkibli himoya parda hosil bо'ladi: Zn + H2O + CO2 + O2 = ZnCO3∙Zn(OH)2 rux ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 250.04 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 250.04 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga