Ilgaklarni tayyorlash texnologiyasi Reja: 1. Ilgaklar va tirsaklarni xizmat vazifalari, tayyorlash bo'yicha texnik talablar, qo'llaniladigan materiallar va xomashyo turlari. 2. Harakatni o'zgartirish ilgaklariga mexanik ishlov berish texnologik jarayonining ketma-ketligi va bajarish tartibi. 3. Ilgaklarni nazorat qilish. Ilgaklar va tirsaklarni xizmat vazifalari, tayyorlash bo'yicha texnik talablar, qo'llaniladigan materiallar va xomashyo turlari. Harakatni o'zgartirish ilgaklari o'q bo'yicha harakatlanganda tishli g'ildirak mufta va shunga o'xshagan kinematik elementlarni holatini o'zgartiradi. Detallarni harakatga keltirish ilgaklarni «suharik»larining tekis yuzalari yordamida amalga oshiriladi (29-rasm). Harakatni o'zgartirish ilgaklarini yig'ish jarayonida bazaviy yuzasi bo'lib «bobishka»dagi tekis Yuzali, shponka uyali, shlitsali teshiklar xizmat qiladi. Bu teshikni tayyorlash aniqligi IT7-IT9 aniqlik kvalitetida bo'lsa yuza tozaligi Ra=5…1,25 mkm bo'ladi. «Suharik»ni Ra=5…1,25 mkm ishchi yuzasi IT9-IT12 aniqlik kvalitetida tayyorlansada, uning yuza tozaligi Ra=5…1,25 mkm bo'lishi talab etiladi. Harakatni o'zgartirish ilgaklarida bunday yuza doimo ishqalanishga ishlaydi. Bu yuzaning teshik o'qiga nisbatan perpendikulyarligi 100 mm o'q uzunligiga 0,1…0,3 mm orlig'ida bo'ladi. Sharnirli ilgak sharnirli birikmalarning o'tish detali hisoblanadi. Bu ilgaklarda ikkita quloqcha bo'lib ularda o'qdosh ikkita teshik bor. Teshiklarni tayyorlash aniqligi IT8-IT9 bo'ladi. Bu teshiklar sharnirli ilgaklarni yig'ishda yordamchi birikish yuzasi vazifasini bajaradi. Asosiy birikish yuzasi bo'lib ilgaklarni quyruq qismi yoki «bobishka»dagi teshik xizmat qiladi. Bu yuza oraliq (zazorli) o'tkazish uchun mo'ljallangan bo'lib IT8-IT10 aniqlik kvalitetida rezpbali yoki tekis silindrik shaklda bo'lishi mumkin. Kardan shlitsali ilgaklarning asosiy teshigi shlitsali qilib tayyorlanadi. Sharnirli ilgaklar quloqchalari teshiklarning o'qlari asosiy bazaviy yuzasiga va quloqchalarni sirt yuzalariga perpendikulyar bo'lib 100 mm uzunlikka 0,1-0,4 mm bo'lishi talab etiladi. harakatni o'zgartirish ilgaklari uchun xomashyo kulrang cho'yan SCH-12 dan SCH-24 gacha, bolg'alanuvchi cho'yan KCH-35, KCH-37, hamda odatdagi sifatli po'latlar po'lat 3 va po'lat 5 va konstruktsion po'latlar po'lat 20,35,40X lardan tayyorlanadi. Sharnirli ilgaklar uchun xomashyolar odatdagi sifatli po'latlar va konstruktsin po'latlar po'lat 35,45 va shu kabilardan tayyorlanadi. 29-rasm. Ilgaklar turidagi detallar. a) Harakatni o'zgartirish ilgaklari; b) sharnirli ilgaklar. Cho'yandan tayyorlangan harakatni o'zgartirish ilgaklari xom ashyolari opkalarda metall modellardan foydalanib qo'lda va mashinalarda shakllantirilgan qoliplarga quyish usuli bilan olinadi. Quyma aniqligiga qo'yilgan talab yuqori bo'lsa qobiqli qoliplardan foydalaniladi. Penoplastik modellar qo'llab ham xomashyo tayyorlash mumkin. Quyishining bu oddiy aniq va ilg'or usuli qobiqli qoliplar o'rniga Toshkent ekskavator zavodida ishlab chiqilgan. Penoplastdan tayyorlangan model erigan metall bilan to'qnashganda penoplast bir zumda kuyadi va erigan metall uni o'rnini shunday tezlikda egallaydiki qolipni qumi sochilib shakl, buzilib ulgurmaydi. Bu usulning yana bir afzallik tomoni shundan iboratki 5 mm va undan katta diametrdagi teshiklar sterjensiz quyish yo'li bilan olinadi. Po'latdan tayyorlangan ilgaklarning xom ashyolari bolg'alash va shtamlash ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
125.8 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
125.8 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: docx