P.Medevar 1946 yilda organizm o'ziga yot bo'lgan to'qimalarni qabul qilmasligi immunologik mexanizm asosida bo'lishini (noinfektsionligini) tushuntirdi. Kelgusida transplantatsion immunologiya sohasidagi ishlar 1953 yilda «immunologik tolerantlilik» hodisasini isbotladi, ya'ni organizmning o'zga to'qimalarga javob bermasligini tushuntirdi. Nerv-asab tizimi, endokrin tizimlari qatorida immun tizim organizmga yot bo'lgan narsalardan (bakteriya, virus, oddiy jonzotlar va b. lar) hamda o'zidagi, o'zi uchun yot bo'lgan narsalardan ham himoya qiladi. Masalan, organizmda doimo o'zi uchun yot bo'lgan millionlab mutant hujayralar ham paydo bo'lib turadigan yomon o'simtalarga manba bo'luvchilardan ham asraydi. Immunitet - bu kompleks reaksiya bo'lib, gomeostazni himoya qiluvchi, organizmga yot hujayra yoki boshqa omillarning (bakteriyalar, zaharlar, viruslar, rak hujayralari va boshqalar) kirib kelishi va organizmning o'zida hosil bo'ladigan yot unsurlarga qarshi himoya reaksiyasidir. Har 10 kishidan birida birlamchi immun tanqisligi holati kuzatiladi. Shuning uchun ham quyidagi eng xarakterli klinik ko'rinishlar paydo bo'lishi mumkin. Masalan, yuqori nafas yo'llari va me'da-ichak yo'llari yuqumli kasalliklari, piodermiya, artrit, osteomielit va boshqa bir qancha kasalliklarning klinik belgilari paydo bo'lishi mumkin. Birlamchi immun tanqislik holati, T yoki β immun tarmog'i izdan chiqmagan bo'lsa ham, ana shunday infektsiyalarga qarshi kurashishda organizmning immun quvvatining kuchi pasayar ekan. ADABIYOTLAR ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
520.93 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
520.93 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: pptx