Inert gazlarning olinishi, xossalari va birikmalari

Inert gazlarning olinishi, xossalari va birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Inert gazlarning olinishi, xossalari va birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Inert gazlarning olinishi, xossalari va birikmalari Reja: I bob Kirish. 1.1 Inert gazlarga tasnif. 1.2 Inert gazlarning tabiatda tarqalishi. II bob 2.1 Inert gazlarning olinishi. 2.2 Inert gazlarning fizik va kimyoviy xossalari. 2.3 Inert gazlarning muhim birikmalari. Xulosa Bu guruhning bosh guruhchasini nodir gazlar - geliy He, neon Ne, argon Ar, kripton Kr, ksenon Xe va radon Rn tashkil etadi. 1962 yilga qadar bu gazlarning atomlari boshqa elementlarning atomlari bilan barqaror molekulalar hosil qila olmaydi, deb kelingan. Hozirgi vaqtda bu fikr rad etiladi, chunki Kr, Xe va Rn lardan har birining yuzdan ortiq birikmalari olindi. Masalan, ksenonning geksaftoridi Ne, neon XeF6, tetraftoridi XeF4, diftoridi XeF2, ksenon kislota Xe(OH)6, ksenon tetraoksid XeO4 lar olingan. Ular gazsimon elementlar bo'lib ularning nomlari xossalarini yoki tabiatda tarqalishini, nodirligini ifodalovchi yunoncha so'zlardan olingan, chunonchi, geliy-quyosh, neon-yangi, argon-yalqov, kripton-yashirin, ksenon-begona va radon-shu'la sochish so'zlaridan kelib chiqqan. Oltita nodir gazning beshtasi (He, Ne, Ar, Kr, Xe) 1894-1898 yillarda havo azoti zichligi tekshirish natijasida kashf etilgan (geliyning spektri 1868 yildayoq ma'lum edi). Oltinchi gaz - radon esa 1900 yilda radiofaol hodisalarni tekshirish natijasida kashf etildi. Lekn shuni aytib o'tish kerakki, nodir gazlarning mavjudligini 1884 yilda rus olimi N.A.Morozov oldindan bashorat qilgan edi. Olinishi. Geliyni tabiiy gazlardan va radiofaol minerallardan olish bilan bir qatorda, nodir gazlarning havodan olinishi ham katta ahamiyatga egadir. Nodir gazlarni texnika miqyosida olish uchun suyuq havoni fraksion haydashdan foydalaniladi. Havoning tarkibiy qismi o'zining qaynash tabiatiga qarab dastlab uch qismga ajratiladi: I fraksiyaga geliy, neon va azot (qaynash haroratlari: He niki-2690S, Ne niki - 2460S va N2 niki-1960S) kiradi. II fraksiyaga azot, argon va kislorod (qaynash haroratlari: Ar niki -1860S, O2 niki-1830S) kiradi. II fraksiyaga kislorod, kripton, ksenonlar kiradi (qaynash haroratlari, Kr niki -1530S va Xe niki-1080S). So'ngra bu fraksiyaning har qaysisiga alohida ishlov beriladi. Birinchi fraksiyadagi azotdan fizik usullar bilan geliy va neonni ajratib olish mumkin. Masalan, faol ko'mirda adsorbsiya qilish va qaytadan desorbsiya qilishidan foydalanib gaz aralashmasidan geliyni 99% ga qadar batamom tozalash mumkin, chunki ko'mirda bo'ladigan adsorbsiya hodisasi quyidagi asosiy qoidaga bo'ysunadi: qaysi gaz oson suyuqlansa, ya'ni uning qaynash harorati qanchalik yuqori bo'lsa, u ko'mirga shunchalik ko'p yutiladi. Argon ikkinchi fraksiyadan olinadi. Avvalo, bu fraksiyani rektifikasiya qilish yo'li bilan aralashmada argonning nisbiy miqdori oshiriladi: bunday aralashma tarkibida taxminan 50% kislorod va 50% azot bilan argon bo'ladi. Ikkinchi marta rektifikasiya qilish yo'li bilan aralashmadan azot chiqarib yuboriladi, kislorod esa oltingugurt yoki vodorod bilan biriktiriladi. Anna shu yo'l bilan olingan argonning tozaligi taxminan 99% bo'ladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 75.04 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 75.04 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga