Infraqizil (iq) spektroskopiya Reja: Ikki atomli molekulalarning tebranishi. Xarakteristik chastotalar Ko'p atomli molekulalarning tebranishi. Spektrometrlarning tuzilishi Molekulalararo ta'sirlar va guruhlarning xarakteristik chastotalari To'yingan uglevodorodlarning IQ spektrlari Alken va alkinlarning IQ spektrlari 6.Aromatik birikmalarning IQ spektrlari Gidroqsil guruhi tutgan birikmalarning IQ spektrlari Karbonil guruhi tutgan birikmalarning IQ spektrlari Azotli organik birikmalarning IQ spektrlari I. Ikki atomli molekulalarning tebranishi. Xarakteristik chastotalar Optik spektroskopiyaning turlari ichida infraqizil spektroskopiya ishlatilish ko'lamida o'ziga xos o'rin egallab, moddalarning tuzilishini o'rganishda eng kerakli ma'lumotlar beradigan fizikaviy usullardan hisoblanadi. Boshqa mavjud bo'lgan optik usullardan farqli ravishda, moddalarni har qanday agregat holatda, yani gaz, suyuq va qattiq holatlarda ham spektrlarini olish mumkin. Bu usulni kimyoda ishlatilishi bilan bog'liq masalalarni bayon etishda albatta uning rivojlanish tarixi va asosiy nazariy qonunlarini ko'rib chiqish lozim hisoblanadi. Spektrning infraqizil sohasi ingliz astronomi Uilyam Gershel tomonidan 1800 yilda kashf qilingan. Taxminan 100 yildan so'ng amerikalik fizik Koblents inf-raqizil spektrga bag'ishlangan monografiya chop etib unda ayrim organik va anorganik birikmalarning infraqizil spektrini keltirib, ularning tuzilishi bilan spektrlari orasida bog'lanish borligini bayon etadi. Agar bunday tadqiqot ishlari o'sha vaqtdan boshlab davom ettirilganda albatta organik kimyoning rivojlanishiga katta hissa qo'shilgan bo'lar edi. Infraqizil sohani amaliyotda ishlatilish XX asrning o'rtalariga to'g'ri kelib, shu davrdan boshlab bir va ikki nur yo'nalishli spektrometrlar ishlab chiqildi. Infraqizil spektroskopiyasining nazariyasiga kelsak, bu sohada juda ko'p fizik olimlar samarali ishlar olib borishgan (G.Kirxgof, V.Vin, D.X.Djins, O.Lyummer, G.Ru-bens va boshqalar). A.Eynshteyn 1905 yilda yorug'lik kvantlari to'g'risidagi ta'limotini asoslaganidan so'ng, atomlarda elektronlarning pog'onalararo o'tishi ehtimolligi to'g'risidagi fikrni rivojlantirdi. Atomlarning tebranishi bilan bog'liq masalalar ustida 1930-yillargacha ko'p olimlar ilmiy ish olib borishgan, ammo olingan natijalarning amaliyotda ishlatilishiga kam etibor berilgan. Ilgarigi olib borilgan tadqiqotlarni etiborga olingan holda alifatik qatordagi organik moddalar uchun tebranish chastotalari va ularning turlariga tegishli hisoblashlarni 1940 yilda bir guruh olimlar (Ye.Vilson, M.A.Yelyashevich, B.I.Stepankov) bajardilar. Hisobiy ishlar eng avvalo oddiy tuzilishli molekulalar uchun ishlab chiqildi, keyin esa boshqa moddalarga ham tadbiq qilindi. Infraqizil spektroskopiyaning asosi bo'lgan atom va molekulalarning tebranishi bilan bog'liq nazariyani rivojlshtirishda yuqorida ko'rsatilgan olimlar bilan bir qatorda M.V.Volkenshteyn, A.M. Sverdlov, L.A.Gribov va boshqalar o'zlarining muhim tadqiqotlari bilan katta hissa qo'shdilar. IQ spektroskopiyani amaliyotda ishlatish 1940 yillardan boshlanib, ayniqsa urush davrida yoqilg'ilar va rezinaning tarkibini tekshirishda hamda katta ahamiyatga ega bo'lgan antibiotik - penitsilinning tuzilishini aniq-lashda katta yordam berdi. 1950 yillardan boshlab esa uning ishlatilish ko'lami rivojlanib hozirgi vaqtda boshqa fizik usullarning ajralmas turi sifatida keng miqyosda amaliyotda o'rin olgan. 1970 yillarning boshlarida Toshkentdagi sud-eksper-tiza instituti xodimlari ikki xil namunadagi mashina ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.76 MB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.76 MB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc