Ion almashinish adsorbsiyasi

Ion almashinish adsorbsiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Ion almashinish adsorbsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ion almashinish adsorbtsiyasi Reja 1. Ionlar adsorbtsiyasi. 2. Adsorbtsiyaviy xromatografiya 3. Qog'oz xromatografiyasi. 4. Yupqa qatlamda xromatografiya. 5. Gaz-suyuqlik xromatografiyasi. 1. IONLAR ADSORBTSIYASI Kuchli elektrolitlarning suvli eritmasidagi elektrolitlar eratuvchida to'la-to'kis ionlarga dissotsiyalangan holatning qattiq jism sirtida yutilishiga ion almashinish adsorbtsiyasi deyiladi. Yutilish asosan adsorbent sirtidagi kuch bilan ionlar yutilishi vaqtida hosil bo'lgan elektr kuchi asosida sodir bo'ladi. Elektrolitlarning adsorbtsiyasi uch xil bo'ladi: ekvivalent, almashinish va spetsifik adsorbtsiyalar. Ekvivalent adsorbtsiyada elektrodning kation va anionlari bir xil miqdorda adsorbent sirtida yutiladi. Almashinish adsorbtsiyasida elektrolitning ionlari adsorbent sirtida yutilgan ionlarni siqib chiqarib, ular o'rniga yutiladi. Agar adsorbent yutilgan tuz ionlari o'rniga eritmaga vodorod yoki gidroksil ionlarini chiqarsa, gidrolitik adsorbtsiya bo'ladi. Masalan, NaCl, KCl tuzlarining yutilishi natijasida eritmada ON- ionlari ko'payadi. K.K.Gedroytsning aniqlashicha, tuproq, adsorbent sifatida qancha miqdorda ionlar qabul qilsa, shuncha ya'ni ekvivalent miqdorda boshqa ionlarni eritmaga chiqaradi. K.K.Gedroyts o'zining ko'p yillik ishlari natkkasida tuproqdagi ionlar ion almashinuv adsorbtsiyada faqatgina kationlargina o'rin almashishini aniqladi. Shuning uchun har qanday tuproqning adsorbtsiya xossasini mukammal o'rganish uning unumdorligini oshirishdagi omillardan biridir. Suvning qattiqligi undagi Sa va Mg tuzlarini ion almashinish adsorbtsiyasi yordamida kamaytiradi. Bu jarayon uchun adsorbent sifati- da tabiiy silikat (tseolit, glaukonit) lar va sun'iy ishqoriy metal- larning alyumosilikatlari ishlatiladi. Ular permutitlar deyiladi. Permutit a2 + Ca2+ + O2-4 permutit Ca + 2a + O2-4 Permutitlar yordamida suvning qattiqligi kamaytiriladi, ammo suvni kation va anionlardan to'liq tozalab bo'lmaydi. Suvni kation va anionlardan to'liq tozalash maqsadida keyingi yillarda ion almashinuv smolalaridan foydalaniladi. Smolalar o'z xususiyatiga ko'ra ikkiga bo'linadi: kationitlar va anionitlar. Kationitlarning sirt qismi manfiy zaryadga ega bo'lib, o'ziga faqat kationlarni qabul qilib, eritmaga vodorod kationlarini chiqaradi: Kationit - Н2 + Са2+ + 2С1 - ↔ kationit -Са + 2Н+ + 2С1- Kationit - Н2 + Mg + SO2-4 ↔ kationit - Mg + 2Н+ + SO2-4 Anionitlar eritmadan o'ziga faqat anionlarni qabul qilib, gidroksil ionlarini chiqaradi: Anionit - (0Н)2 + 2Н+ + SO2-4 ↔ 2H2O + anionit - SO2-4 Kationitni qaytadan tiklash (regeneratsiya qilish) maqsadida sulfat yoki xlorid kislotalarning 5% li eritmasi bilan yuviladi. Kationit - Са + 2Н+ + 2С1- ↔ kationit - Н2 + Са2+ + 2С1- Anionitlarni qaytadan tiklash maqsadida KOH yoki NaOH ning 5% li eritmasi bilan yuviladi. Anionit - С1 + Na+ + ОН- ↔ -OH + Na- + Cl- Suvni ion almashinuvchi smolalar yordamida tozalash xalq ho'jaligining ko'p tarmoqlari (qand, ichimliklar, kimyoviy reaktivlar, dori preparatlari ishlab chiqarish) da, ayniqsa, yuqori bosimda ishlaydigan suv qozonlari uchun katta ahamiyatga ega. Adsorbtsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.98 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.98 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga