Ionli bog'lanish 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 19-mavzu Reja: Ionli bog'lanish Xlor atomi Ion bog'lanish Ionli birikmalar Elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan atomlardan hosil bo'lgan birikmalarni bilasiz (NaCl, K2S, LiF, CaO va hokazo). Xlor atomining tashqi energetik qavatida 7 ta, argonda 8 ta, kaliyda 1 ta elektron bor. Xlor atomi tashqi energetik qavatini tugallashi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Kaliy atomida esa bitta electron ortiqcha. Xlor atomi bilan kaliy atomi to'qnashsa kaliydagi 1 ta elektronni xlor qabul qilib oladi, natijada xlor atomining tashqi qavati 8 ta electron bilan tugallanadi. Kaliy atomi bitta elektronni berib 3- qavatni ochib qo'yadi va tugallangan sakkizta elektronli tashqi qavat hosil bo'ladi. Xlor atomi o'zining tashqi qavatiga 1 ta elektron qo'shib olib, manfiy zaryadlangan zarracha - xlor ioniga aylanadi. Kaliy atomi 1 ta elektron berib, musbat zaryadlangan zarracha - kaliy ioniga aylanadi Metallar o'z tashqi energetik qavatlaridagi elektronlarini berib, musbat zaryadlangan ionlarga oson aylanadi. Metallmaslar esa aksincha, tashqi energetik qavatiga elektronni oson qabul qiladi va manfiy zaryadlangan ionlarga aylanadi. Ionlar orasida hosil bo'lgan kimyoviy bog'lanish ion bog'lanish deb ataladi. Ionlarning o'zaro birikishidan hosil bo'lgan moddalar ionli birikmalar deyiladi. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, kislorod, oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari kiradi. Tuzlardagi metall ioni bilan kislota qoldig'i orasidagi, ishqorlardagi metall ioni bilan gidroksid guruh orasidagi bog'lanishlar ham ion bog'lanishli xarakterga ega. Shunday qilib, kimyoviy bog'lanishda elementlarning valent elektronlari muhim ahamiyatga ega va bu elektronlar atomlar o'rtasida umumiy juftlarni hosil qiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:37:02
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: pptx